toggle_night_mode
Hujjat 10.04.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
KADRLAR TAYYORLASh MILLIY DASTURIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 26-yanvarda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan 463-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 11-12, 295-modda) 4.4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi” degan soʻzlar “Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2007-yil 10-apreldagi 69 (4222) - sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-aprel,
OʻRQ-87-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 150-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son)