1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
5.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Tabiiy resurslar / Er;
3.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
4.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori;
5.Moliya / Birja faoliyati;
6.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 599-I-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 83-modda)
(II, III va IV boʻlimlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi,1997-y., 4-5-songa ilova)
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; № 12, 269-modda):
1) 27-moddaning birinchi qismi “sudyasi tomonidan” degan soʻzlardan keyin “eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan hollarda esa — bojxona organlari tomonidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 175-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassa operatsiyalarini yuritish tartibini va toʻlov intizomini buzish, shu jumladan korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablagʻlar boʻla turib, debitorlik va kreditorlik qarzlari muddati oʻtkazib yuborilgan hamda toʻlovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlari buzilgan taqdirda —”;
3) 245-moddaning birinchi qismi “112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismi)” degan soʻzlardan keyin “119-moddaning ikkinchi qismi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4) 262-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari bojxona organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga, shuningdek eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotni musodara qilishga haqlidirlar”;
5) 294-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi gap bilan toʻldirilsin: “Eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulot Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilishi bilan bogʻliq boʻlib, musodara chorasi qoʻllanilishi mumkin boʻlgan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish bojxona organi tomonidan alohida hollarda, agar maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlsa yoki uning qayerdaligini aniqlashning iloji boʻlmasa, maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi”;
6) 337-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotni musodara qilish toʻgʻrisidagi bojxona organining qarorini tegishli hokimliklar tomonidan tuziladigan doimiy ishlovchi komissiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro etadilar”;
“Buyumni musodara qilish toʻgʻrisidagi qaror, uning ijro etilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilib, shu qarorni chiqargan maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyaga, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotni musodara qilish toʻgʻrisidagi qaror esa — bojxona organining musodara etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan mansabdor shaxsiga qaytariladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-aprel,
231-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda; 1997-y., 4-5-songa ilova; 1998-y., 5-6-son, 83-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)