1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.17.00 Maʼmuriy jarimalar qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro qilish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
MAʼMURIY QAMOQQA OLINGAN ShAXSLARNI SAQLASh XARAJATLARINI UNDIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 9-yanvardagi OʻRQ-420-sonli “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2019-yil 11-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyaning qaroriga binoan qamalganlarni saqlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar sutkasiga eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida undirib olinadi.
2. Qamalgan shaxs maʼmuriy qamoqda boʻlgan vaqtida ishlagan va bu bilan oʻzini saqlash xarajatlarini qoplagan hollarda undan xarajatlar undirib olinmaydi. Qamalganlar mehnatga qobiliyatsiz boʻlsalar, ular ham bu xarajatlarni undirishdan ozod qilinadilar.
Ayrim hollarda sudya aniq holatlarni va qamalganning shaxsini hisobga olib, uni mazkur xarajatlarni toʻlashdan ozod qilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
68-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 116-modda)