1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.06.00 Nikohning haqiqiy emasligi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OILA KODEKSINING 49-MODDASIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 22-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 49-moddasi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nikoh quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topiladi:
ushbu Kodeksning 14—16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda;
soxta nikoh tuzilganda, yaʼni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini koʻzlamay nikoh qayd qildirganda;
nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2007-yil 7-apreldagi 68 (4221) - sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-aprel,
OʻRQ-84-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 133-modda)