1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
3.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “2003-2004 YILLARDA KORXONALARNI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh DASTURI TOʻGʻRISIDA” 2003 YIL 17 APRELDAGI 185-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 29-sentabrdagi 453-son qarorining 4-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga 3-ilovaga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 30-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
627-pozitsiyada 6 va 7-ustunlardagi “30” va “64,2*” raqamlari tegishli ravishda “45” va “49*****” raqamlari bilan almashtirilsin;
izohga quyidagi mazmundagi matn qoʻshilsin:
“***** — aksiyalar paketi xorijiy investorga sotiladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV