Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbek xalqining rang-tasvir asarlarini saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish hamda tasviriy sanʼat asarlarining keng koʻrgazma faoliyati vositasida jamoatchilikni mamlakatimizning boy madaniyati va tasviriy sanʼat asarlari bilan tanishtirish ishlarini chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan moliyalashtirilganligi va qurilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining balansida turadi, bank undan joriy foydalanadi va uni boshqaradi;
Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi taʼminotining xarajatlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov va A.A.Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.