Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish (KR2)” loyihasi doirasida qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalari yetkazib berishni tashkil etish uchun Yaponiya Hukumatining 420 mln. Yaponiya yeni miqdoridagi begʻaraz yordamidan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri koʻrsatib oʻtilgan grant boʻyicha Ayirboshlash notalarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy agentligiga hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga begʻaraz yordamni olish uchun zarur boʻlgan tartib-qoidalarni Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga grant mablagʻlariga hisob-kitob xizmati koʻrsatish vazifasi yuklansin.
3. Grant mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasi, asbob-uskunalar va xizmatlar loyihani amalga oshirish davrida bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat bojlari undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.