Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son
qaroriga muvofiq va Norin daryosining suv resurslarini ifloslanishdan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Namangan viloyatidagi Norin daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va sohilboʻyi polosasining umumiy maydoni 1-ilovaga
* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijaraga oluvchilarga biriktirilgan tumanlar boʻyicha tegishli ravishda
4310,7 ga va
459,3 ga etib tasdiqlansin.
2. Namangan viloyati hokimligi:
Norin daryosining sohilboʻyi polosasidagi 452,2 ga maydondagi yerlarni oʻrmon melioratsiyasi va boshqa suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida, 2-ilovaga
* muvofiq suv xoʻjaligi obyektlari egallab turgan yerlardan tashqari, belgilangan tartibda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijaraga oluvchilardan olsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlariga doimiy egalik qilish uchun bersin;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda, ekologiya jihatidan potensial xavfli obyektlarni 2006-yilgacha suvni muhofaza qilish zonasidan, suv xoʻjaligidan tashqari barcha obyektlarni sohil boʻyi polosasidan chiqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda suvni muhofaza qilish zonasi yerlarini daraxtzorlar barpo etish uchun ajratish imkoniyatini koʻrib chiqsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.