1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.01.00.00 Moliyaviy tizimning umumiy qoidalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.32.00 (Кучини йукотган) Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Moliya / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDA MOLIYA ORGANLARI HAMDA BUDJET TASHKILOTLARINING MOLIYA-HISOB BOʻLINMALARI XODIMLARINI TAYYORLASH VA QAYTA TAYYORLASH OʻQUV MARKAZINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorini bajarish yuzasidan hamda moliya organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek budjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini davlat budjetining gʻazna ijrosi sharoitlarida ishlashga qayta tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblansin:
moliya organlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini zamonaviy pedagogika va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitish dasturlari asosida Davlat budjetining gʻazna ijrosi sharoitlarida ishlashga qayta tayyorlash;
moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv jarayonining metodik va axborot bazasini yaratish, takomillashtirish va yangilab borish;
davlat mablagʻlarini boshqarish va Davlat budjetining gʻazna ijrosi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, shuningdek Davlat budjetining gʻazna ijrosi hamda davlat mablagʻlarini boshqarish masalalari boʻyicha darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va ilmiy-metodik ishlanmalarni tayyorlash va tarqatish;
oʻquv jarayoniga yuqori malakali professor-oʻqituvchi kadrlarni, xorijiy maslahatchilarni, ekspertlarni va moliya organlarida amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb etish;
davlat mablagʻlarini boshqarish hamda Davlat budjetining gʻazna ijrosi masalalari boʻyicha ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish va oʻtkazish.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining davlat xaridlari sohasida malakasini oshirish boʻyicha maxsus qisqa muddatli taʼlim dasturlari va oʻquv rejalarini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
davlat xaridlari boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv adabiyoti va boshqa materiallar tayyorlash;
davlat xaridlari boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish maqsadida oʻquv jarayoniga sohadagi yetakchi mutaxassislarni keng jalb qilgan holda maxsus kurslar tashkil qilish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-apreldagi 262-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2020-y., 09/20/262/0516-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Markazning professor-oʻqituvchilariga va ilmiy xodimlariga oliy oʻquv yurtlari hamda ilmiy muassasalarning tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari, qolgan xodimlarga esa — moliya organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
Markaz tinglovchilari uchun oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi va egallab turgan lavozimi saqlanib qoladi;
boshqa shaharlik tinglovchilarga ularni yuborgan tashkilot tomonidan turar joy ijarasi hamda oʻqish joyiga kelish va ketish yoʻl kira xarajatlari qoplanadi, xizmat safarlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalarga muvofiq va tartibda sutkalik puli toʻlanadi;
bir oy muddatda Markaz toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda oʻquv jarayoni sifati va tinglovchilarning kelgusidagi professional faoliyati yuzasidan monitoring olib borilishini nazarda tutsin, shuningdek Markazning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazning oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
2007-yildan boshlab, har yili, Markazning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Davlat budjetidan Markaz faoliyatini taʼminlash, shu jumladan Markaz xodimlarining xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashishi, davriy nashrlar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini, shu jumladan xorijda nashr etiladigan davriy nashrlar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini sotib olish uchun zarur mablagʻlar ajratsin, shuningdek budjet tashkilotlarining ular xodimlarining Markazda oʻqishi bilan bogʻliq xarajatlarini moliyalashtirsin;
Markazning faoliyatini va kelgusidagi rivojlanishini taʼminlash uchun xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grant mablagʻlarini jalb etish chora-tadbirlarini koʻrsin;
2007-yil yakunlariga koʻra joylarda Markaz filiallarini tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va, zarurat boʻlganda, kiritsin;
Markazga bitta yengil avtomobil xarajatlariga limit ajratsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi moliya va iqtisodiyot ixtisosligi mutaxassislarini tayyorlash oʻquv rejalariga “Davlat budjetining gʻazna ijrosi” fanini oʻrganishni kiritsin.
7. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining Toshkent shahar, X. Sulaymonova koʻchasi, 29-uydagi binosiga joylashtirilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-mart,
54-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 54-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazi tuzilmasi