1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ro‘yxatga olish]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINI DAVLAT RO‘YXATIGA OLISh VA HISOBGA QO‘YIShNING XABARDOR QILISh TARTIBINI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA” 2006 YIL 24 MAYDAGI PQ-357-SONLI QARORIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda soliq maslahatchilari tashkilotlarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibini yo‘lga qo‘yish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “bozorlar hamda”, “bozorlar va” so‘zlari “bozorlar hamda soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat aksiyadorlik kompaniyalari va xoldinglar) shaklidagi xo‘jalik boshqaruvi organlari va bozorlar” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat aksiyadorlik kompaniyalari va xoldinglar) shaklidagi xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek bozorlar va soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisining xizmati (I.B. Abdullayev) zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-mart,
PQ-606-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 12-son, 108-modda)