1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining gʻazna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi Davlat budjetining gʻazna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining gʻaznachilik boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligini va uning hududiy boʻlinmalarini moliya organlari boʻyicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Gʻaznachilik zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin:
Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar oʻrtasida taqsimlash, budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisida hisobot tuzish;
Davlat budjeti mablagʻlarini yagona gʻaznachilik hisob raqami, shuningdek, tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni taʼminlaydigan hududiy gʻaznachilik hisob raqamlarini joriy etish orqali boshqarish;
budjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarini, shuningdek, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kapital qurilish boʻyicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar va maqsadlarga qatʼiy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibini joriy etish orqali budjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish;
budjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati taʼminlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
xarajatlar smetasi va roʻyxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qatʼiy summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet mablagʻlari oluvchilar nomidan va ularning topshirigʻi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish orqali toʻlov intizomiga soʻzsiz rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
Davlat budjeti gʻazna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborot yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat koʻrsatish, Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;
3. Gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalari tashkiliy tuzilmasi 1—4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga zarur hollarda gʻaznachilikning markaziy apparati va uning boʻlinmalari tuzilmasiga moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachilik boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining taqdimnomasiga asosan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
oʻn kun muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki hafta muddatda — moliya organlari, shuningdek, budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimi faoliyat yuritishi sharoitlarida ishlashga tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazini tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin;
ikki hafta muddatda — gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalarini zarur binolar, kompyuterlar, tashkiliy texnika va boshqa anjomlar bilan taʼminlash, shuningdek, ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqsin;
ikki oy muddatda — Davlat budjeti gʻazna ijrosi tizimining joriy etilishi munosabati bilan muayyan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarni moliyaviy taʼminlash xususiyatiga qarab budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini maqbullashtirish va 25 foizgacha qisqartirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlarini jalb etgan holda Davlat budjetining barcha daromadlarini yagona gʻazna hisob raqamiga jamlash va undan xarajatlar toʻlovini amalga oshirish imkonini beruvchi Davlat budjeti gʻazna ijrosining yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini qabul qilsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki, budjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek, buyurtmachilarning Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kapital qurilishga oid shartnomalari gʻaznachilikda roʻyxatga olinishi shart.
7. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilangan tartibda respublikaning barcha shahar va tumanlarini qamrab olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining maʼlumotlar tarmogʻini tashkil etish uchun yer usti raqamli aloqa kanallarini berish choralarini koʻrsin.
8. Budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasini bajarish funksiyalari gʻaznachilikka berilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga budjet mablagʻlari oluvchilarga xizmat koʻrsatish bilan band boʻlgan bank xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligi Toshkent shahar, X. Sulaymonova koʻchasi, 29-uy manzilidagi binoga joylashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga 3-ILOVA
Toshkent shahar Gʻaznachilik boshqarmasi
TUZILMASI
Boshqarma boshligʻi
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari
Amaliyot boʻlimi
33 nafar
Yuriskonsult
1 nafar
Moliyaviy resurslarni tartibga solish va yigʻma tahlil boʻlimi
4 nafar
Yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish va narxlarni monitoring qilish guruhi
12 nafar
Umumiy boʻlim
(kadrlar boʻyicha mutaxassis, ish yurituvchi-inspektor, buxgalter)
3 nafar
Gʻazna operatsiyalarini nazorat qilish guruhi
2 nafar
Moliyaviy majburiyatlar va toʻlovlarni roʻyxatga olish guruhi
20 nafar
Buxgalterlik hisobi va hisoboti guruhi
3 nafar
* Umumiy cheklangan shtat birligi — 48 nafar,
* shundan boshqaruv xodimlari — 13 nafar.
* Izoh: Toshkent shahar Gʻaznachilik boshqarmasi, shuningdek, Bektemir, Uchtepa va Sergeli tumanlaridan tashqari tuman mahalliy budjetlaridan mablagʻ oluvchilarga ham xizmat koʻrsatadi.