toggle_night_mode
Hujjat 16.02.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT AXBOROT RESURSLARI HAMDA ULARNI ShAKLLANTIRISh, ULARDAN FOYDALANISh VA ULARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh UChUN MASʼUL BOʻLGAN DAVLAT ORGANLARI ROʻYXATIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Davlat axborot resurslarini hisobga olishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar:
tegishli davlat axborot resurslari shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi va ularning oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlanishi va yangilanishini taʼminlasinlar;
davlat organlarining ishlatilayotgan axborot tizimlarini joriy yil 30-iyungacha belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2007-yil 16-fevral,
34-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 16-fevraldagi 34-son qaroriga
ILOVA
Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 1-1-pozitsiya qoʻshilsin:

1-1‎

Auditorlar va auditorlik tashkilotlari ‎ Moliya vazirligi ‎
2. 17-pozitsiya quyidagi mazmunda bayon qilinsin:

17‎

Davlat, tarmoq standartlari, maʼmuriy-hududiy standartlar hamda amal qilinadigan hujjatlar va ularga oʻzgartirishlar, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normalar va qoidalar davlat reyestri‎

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash-tirish agentligi‎

3. 17-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 17-1 va 17-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:

17-1‎

Korxonalarning mahsulotlarga texnik shartlari, standartlari va ularga oʻzgartirishlar davlat reyestri‎‎ Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi

17-2‎

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestri
4. 40-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 40-1 va 40-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:

40-1‎

Oʻzbekiston Respublikasi matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish Yagona davlat reyestri ‎

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi ‏

40-2‎

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan nashriyotlar davlat reyestri

5. 42-pozitsiyadagi “Davlat axborot resurslari nomi” ustunida “axborot resurslari” soʻzlaridan keyin “va davlat organlarining axborot tizimlari” soʻzlari qoʻshilsin.
6. 43-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 43-1-pozitsiya qoʻshilsin:

43-1‎

Telekommunikatsiyalar sohasida berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish
‎ agentligi‎

7. Quyidagi mazmundagi 45-51-pozitsiyalar qoʻshilsin:
45‎ Sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar maʼlumotlar bazasi ‎ Favqulodda vaziyatlar vazirligi ‎
46‎ Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri‎ Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi ‎
47‎ Energetik tekshirishlar va ekspertizalar oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri‎ Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi ‎
48‎ Import va eksport boʻyicha gʻallani va uni qayta ishlash mahsulotlarini davlat inspeksiyasidan oʻtkazish reyestri ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi ‎
49‎ Bank depozitorlari milliy axborot bazasi ‎ Markaziy bank‏
50‎ Elektron maʼlumotnomalar yagona bazasi (MB EMYaB) ‎
51‎ Oʻzbekiston Respublikasi eksport qiluvchilari maʼlumotlar bazasi ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ‎‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 65-modda)