1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining
Buyrugʻi
SHAHARLARARO, SHAHAR ATROFI VA SHAHAR HUDUDIDA QATNOVCHI AVTOTRANSPORT VOSITALARINING MUNTAZAMLIGINI ANIQLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTISH KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 7-iyunda 1194-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-dekabrdagi 33-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3594, 27.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-apreldan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarorining 1-bandiga asosan buyuraman:
1. “Shaharlararo, shahar atrofi va shahar hududida qatnovchi avtotransport vositalarining muntazamligini aniqlash boʻyicha yoʻriqnoma”ning (2002-yil 19-dekabr, roʻyxat raqami 1194 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 23-24-son) 4-bandidagi yettinchi xatboshi olib tashlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-may,
49-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 215-modda)