toggle_night_mode
Hujjat 12.10.1993 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN OʻZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va oʻzbek yozuvining lotin alifbosiga oʻtilgan 1929 — 1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarini inobatga olgan holda respublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori.
1-modda.
Oʻzbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, quyidagi 31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof) dan iborat oʻzbek alifbosi joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

Lotincha

Kirilcha

Lotincha

Kirilcha

‎Harflar

‎Harflar



‎Harflar

Bosma

Yozma

Talaffuz

Harflar

Bosma

Yozma

Talaffuz

Aa‎

Aa‎

a‎

Aa‎

Rr‎

Rr‎

re‎

Rr‎

Bb‎

Bb

be‎

Bb‎

Ss‎

Ss‎

es‎

Cc‎

Cc‎

Cc‎

ce‎

Ss‎

Tt‎

Tt‎

te‎

Tt‎

Dd‎

Dd‎

de‎

Dd‎

Uu‎

Uu‎

u‎

U‎u

Ee‎

Ee‎

e‎

Ee‎

Vv‎

Vv‎

ve‎

Vv‎

Ff‎

Ff‎

ef‎

F‎f

Xx‎

Xx‎

xa‎

Xx‎

Gg‎

Gg‎

ge‎

Gg‎

Yy‎

Yy‎

ye‎

Ye‎

Hh‎

Hh‎

he‎

Hh‎

Zz‎

Zz‎

ze‎

Zz‎

Ii‎ ‎

Ii‎ ‎

i‎ ‎

Ii‎ ‎

Çç‎

Çç

çe‎

Chch‎

JjJj

je (Jõra)

Jj (Joʻra)

Ğğ

Ğğ‎

ğa

Gʻgʻ

Kk‎

Kk‎

ka‎

Kk‎

Ĵĵ

Ĵĵ

ĵe (fĵdod)

Jj (ajdod)

Ll‎Ll‎

el‎

Ll‎

Ńń

Ńń

ńe

Ng ng‎

Mm‎Mm‎

em‎

Mm‎

Õõ

Õõ

õ (õrdak)

Oʻoʻ (oʻrdak)‎

Nn‎Nn‎

en‎

Nn‎

Şş

Şş

şe

Shsh‎

Oo‎Oo‎

o (ota)‎

Oo (ota)‎

Rr‎Rr‎

re‎

Pp‎
Qq‎Qq‎

qa‎

Qq‎

‎(') — tutuq belgisi (apastrof)

Keyingi tahrirga qarang.
2-modda.
Lotin yozuvi asosidagi oʻzbek alifbosini joriy etish bilan birga Oʻzbekiston xalqining milliy iftixori boʻlmish bebaho maʼnaviy meros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani oʻrganish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
931-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 331-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 119-modda)