1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.08 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiyalash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 88-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. 3-modda 1-bandining “i”, “k” va “n” bandchalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“i) fuqarolarning mulkchilik huquqi asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan mol-mulkni sotishdan oladigan pullari, mazkur mol-mulkni tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida sotishdan olinadigan daromadlar bundan mustasnodir;
k) fuqarolarning shaxsiy yordamchi xoʻjalikda chorva mollar, quyonlar, nutriya, baliq, parranda va boshqa jonivorlarni boqib, ularni xoh tirik vaznda, xoh soʻygan holda sotishdan va qayta ishlash asosida olingan mahsulotlarini sotishdan, asalarichilik mahsulotlari, shuningdek mazkur xoʻjalikda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini natural holida va qayta ishlab sotishdan oladigan daromadlari. Fuqaroning shaxsiy yordamchi xoʻjaligi borligi mahalliy hokimiyat organining maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadi;”
“n) fuqarolarning sugʻurta yuzasidan oladigan pullari, sugʻurta boʻyicha sugʻurta badallari korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hisobidan beriladigan hollar bundan mustasnodir;”
2. 4-moddada:
2-bandning birinchi xatboshisida “sakkiz barobari” degan soʻzlar “toʻrt barobari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-bandning “d” bandchasi “qahramon onalar” degan soʻzlardan keyin “oʻn va undan ortiq bolalari boʻlgan ayollar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2-band quyidagi mazmundagi “n” bandcha bilan toʻldirilsin:
“n) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona xizmatining xodimlari barcha daromadlari yuzasidan”.
3-bandning “v” bandchasi chiqarib tashlansin;
3-bandning “g”, “d” va “e” bandchalari tegishincha “v”, “g” va “d” bandchalari deb hisoblansin.
3. 8-moddaning 1-bandida keltirilgan jadval quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Fuqarolarning ish haqi, mukofotlari va boshqa daromadlari summasidan quyidagi miqdorda soliq undiriladi:
Soliq solinadigan yillik daromad miqdori (soliq solinmaydigan minimum chegirilgan holda)
Soliq summasi
minimal oylik ish haqai miqdorining 36 barobarigacha
daromad summasining 15 foizi
minimal oylik ish haqimiqdorining 36 barobaridan (+ 1 soʻm ) 60 barobarigacha
minimal oylik ish haqi miqdorining 36 barobaridan olinadigan soliq + 36 barobaridan ortiq summaning 20 foizi
minmal oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan (+ 1 soʻm) 120 barobarigacha
minimal oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan olinadigan soliq + 60 barobaridan ortiq summaning 30 foizi
minmal oylik ish xaqi miqdorining 120 barobaridan (+ 1 soʻm) va undan ortiq
minimal oylik ish haqi miqdorining 120 barobaridan ortiq + 120 barobaridan ortiq summaning 40 foizi
8-moddaning 3-bandi chiqarib tashlansin.
4. 13-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13-modda. Asosiy ish joyidan boshqa yerda olingan ish haqidan va boshqa toʻlovlardan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
1. Fuqarolarning har qanday daromadlariga, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlariga asosiy ish (xizmat, oʻqish) joylaridan olayotgan daromadlari bilan bir vaqtda Qonunning ushbu moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq solinishi lozim.
2. Ushbu moddaning 1-bandida aytib oʻtilgan daromadlardan soliq mazkur Qonunning 12 va 16-moddalarida belgilangan tartibda, tadbirkorlik faoliyatidan orttiriladigan daromadlaridan esa soliq mazkur Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi.
Bunda fuqarolarning daromadlaridan Qonunda belgilangan soliq solinmaydigan minimumning oylik miqdori summasi istisno qilinmaydi.
Fuqarolar yil davomida soliq solinadigan yillik jami daromadga asosan soliqni mustaqil ravishda hisoblab chiqarishlari va soliq solinadigan umumiy daromaddan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan daromad toʻlovchi manba tomonidan ushlab qolingan soliq summasi oʻrtasidagi farqni yilning har choragida kamida bir marta budjetga toʻlashlari mumkin. Kalendar yili tugaganidan keyin bu daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar fuqarolarning doimiy yashash joyidagi soliq organiga belgilangan tartibda taqdim etiladigan deklaratsiyaga kiritilishi lozim.
Daromadlarni toʻlagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan kechikmay oʻzlari turgan joydagi soliq organlariga oʻtgan yili oʻzlari daromad toʻlagan shaxslarning doimiy yashash joyini koʻrsatgan holda ularga toʻlangan daromad summasi va ulardan undirilgan soliqlar summasi toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadilar. Aytib oʻtilgan maʼlumotlar daromadlar olgan shaxslarning doimiy yashash joyidagi soliq organlariga yuboriladi. Soliq organlari fuqarolar bir yilda olgan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etganlarida ana shu maʼlumotlarni eʼtiborga oladilar.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan fuqaroga mualliflik haqi toʻlash hamda Fan, adabiyot va sanʼat asarlarini nashr qilganlik, ijro etganlik yoki ulardan oʻzga tarzda foydalanganlik uchun haq toʻlash, kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalarining mualliflarini taqdirlash, shuningdek yillik jami daromad boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish vaqtida hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar hisobga olinadi. Agar bu xarajatlarni hujjatlar bilan tasdiqlashning iloji boʻlmasa, u holda bunday xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilagan tartibda hisobga olinadi.
3. Fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, nashr etish, ijro etish yoki ulardan oʻzga tarzda foydalanish uchun shartnoma mavjud boʻlgan taqdirda shu shartnoma hisobidan avans sifatida toʻlanadigan haq uzil-kesil hisob-kitob vaqtida qoʻshib hisoblanadi hamda soliq solish maqsadida shartnoma amal qilgan yil miqdoriga taqsimlanadi.
Bunday shartnoma boʻlmagan taqdirda, agar asarni yaratganlik yoki birinchi marta nashr etganlik uchun toʻlanadigan haq minimal oylik ish haqi miqdorining 12 barobaridan oshsa, bu summa toʻlovchining arizasi boʻyicha 3 yilga taqsimlanadi”.
5. 14-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14-modda. Fuqarolar tomonidan yillik jami daromadni deklaratsiyada ifoda etish va yillik jami daromad boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish tartibi
1. Amalda olingan daromadlar va qilingan sarf-xarajatlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya fuqarolar tomonidan oʻzlarining doimiy yashash joylaridagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechikmay taqdim etiladi.
Ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq soliq toʻlagan fuqaro deklaratsiya taqdim etishdan ozod qilinadi.
Basharti yil davomida ushbu Qonunning 15-moddasida aytib oʻtilgan daromad manbalari paydo boʻlib qolgudek boʻlsa, fuqarolar bunday manbalar paydo boʻlgan kundan bir oy oʻtganidan keyin besh kunlik muddat ichida deklaratsiya topshiradilar. Deklaratsiyada birinchi oydagi faoliyat natijasida olgan daromadlarining miqdori va joriy yilning oxirigacha olinishi kutilayotgan daromad miqdori koʻrsatiladi.
Daromad manbai joriy yilning oxiriga qadar toʻxtagan taqdirda u toʻxtagan kundan boshlab besh kunlik muddat ichida deklaratsiya taqdim etiladi.
Deklaratsiya fuqarolar bir yil davomida olgan barcha daromadlarini, bu daromadlarning manbalari hamda hisoblab chiqarilgan va toʻlangan soliq summalarini koʻrsatadilar.
Ushbu Qonunning 12, 13 va 15-moddalarida nazarda tutilgan soliq solinadigan daromadlar olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar deklaratsiyada alohida ifoda etiladi.
2. Soliq solinadigan yillik jami daromad boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Hisoblab chiqarilgan soliq summasi va yil davomida oʻtkazilgan soliq summalari oʻrtasidagi farq hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyunidan kechikmay, yil davomida qayta hisoblab chiqilgan taqdirda esa soliq organiga deklaratsiya topshirilgan kundan eʼtiboran ikki oylik muddat ichida fuqarolar tomonidan toʻlanishi yoki soliq organlari tomonidan fuqarolarga qaytarilishi lozim”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-dekabr,
998-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)