1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2007-YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KOʻRSATKIChLARI PROGNOZI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 18 DEKABRDAGI PQ-532-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-yanvar,
20-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 29-yanvardagi 20-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi nizomning 10-bandiga quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi xatboshi qoʻshilsin:
“hududlar boʻyicha undirilishi lozim boʻlgan barcha soliqlar va toʻlovlarning toʻliq tushumidan, shuningdek, Davlat budjetining birinchi navbatdagi xarajatlarini (hisoblangan qoʻshimchalar bilan birga ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarni) soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda, daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun tegishli budjetlarga ajratiladigan dotatsiyalar, maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari miqdorlarini aniqlash;
respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda Andijon, Samarqand va Xorazm viloyatlari mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarning tasdiqlangan miqdorlariga ushbu mintaqalarda shakllanadigan soliq tushumlarini hisobga olgan holda, oʻzaro hisob-kitoblar orqali daromadlar va xarajatlar oʻrtasida yuzaga keladigan kassa uzilishlarini tartibga solgan holda aniqliklar kiritish”.
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-avgustdagi 387-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtotransport qisqa muddat saqlanadigan avtomobillar toʻxtash joylarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 4.4-bandi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududlari boʻyicha oʻtishi uchun yigʻimlar undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2000-yil 10-oktabrdagi 391-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 65-modda) 1-bandidagi “Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 31-dekabrdagi 552-son qarori” soʻzlari “qonun hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish toʻgʻrisida” 2001-yil 30-maydagi 240-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshidan hamda 3-bandning uchinchi xatboshidan “yagona soliq hisoblangan miqdorining 7 foizini yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“2. Yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari hisoblanadigan va Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamgʻarmasi mahalliy boʻlimlari bilan oʻzaro qoʻllab–quvvatlash toʻgʻrisida shartnomalar tuzgan kichik biznes korxonalari (savdo korxonalaridan tashqari) yagona soliq toʻlovi hisoblangan miqdorining 5 foizini Jamgʻarmaga oʻtkazadilar.
Kichik biznes korxonalari (savdo korxonalaridan tashqari) tomonidan yagona soliq toʻlovi hisoblangan miqdorining 5 foizini oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida Jamgʻarmaga oʻtkazish davlat budjetiga majburiy toʻlovlarga tenglashtiriladi”;
3-banddan “yagona soliqni va”, “yagona soliq yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4—6-son, 42-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)