1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.07.00 Boshqa toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“DAVLAT BOJXONA XIZMATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 26-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 30-noyabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi 472-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi mazkur apparat xodimlarining cheklangan soni bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari apparatining, ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari, bojxona komplekslari va postlarining namunaviy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
“Bojxona organlarida xizmatni oʻtash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Bojxona organlarining mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Bojxona organlarining intizomiy ustavi bilan belgilanadi”;
3) 10-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular egallab turgan lavozimlarga hamda necha yil ishlaganliklariga qarab, quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
kichik tarkib — bojxona xizmatining kichik serjanti, bojxona xizmatining serjanti, bojxona xizmatining katta serjanti;
oʻrta boshliqlar tarkibi — bojxona xizmatining leytenanti, bojxona xizmatining katta leytenanti, bojxona xizmatining kapitani;
katta boshliqlar tarkibi — bojxona xizmatining mayori, bojxona xizmatining podpolkovnigi, bojxona xizmatining polkovnigi;
oliy boshliqlar tarkibi — bojxona xizmatining general-mayori, bojxona xizmatining general-leytenanti, bojxona xizmatining general-polkovnigi.
Maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2006-yil 20-dekabrdagi 247 (4146) – sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-dekabr,
OʻRQ-71-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 499-modda)