1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
SHAHAR YOʻLOVCHILAR TRANSPORTI TOʻGʻRISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasida shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirishdan iboratdir.
2-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va qonunning amal qilish sohasi
Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ushbu Qonun Toshkent shahrida, viloyat va tuman boʻysunuvidagi shaharlarda, shuningdek shaharchalarda shahar yoʻlovchilar transporti subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida shahar yoʻlovchilar transporti sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
3-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti tushunchasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
Shahar yoʻlovchilar transporti deganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olingan, shahar doirasida yoʻlovchilar hamda bagaj tashishga moʻljallangan avtomobil va elektr transporti tushuniladi.
4-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining mulk shakllari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
Shahar yoʻlovchilar transporti ommaviy yoki xususiy mulk asosida ishlashi mumkin.
5-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining turlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
Shahar yoʻlovchilar transporti jumlasiga avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar kiradi.
Avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten va yoʻnalishli taksilar belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha, harakat jadvaliga muvofiq, belgilangan tarifdagi haq evaziga yoʻlovchilar tashiydi.
Yoʻnalishsiz taksilar yoʻlovchilarning talablari asosida taksometr (hisoblagich) koʻrsatishi boʻyicha haq evaziga tashish xizmatlari koʻrsatadi.
6-modda. Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transporti
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transporti jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning oʻz xodimlarini muayyan yoʻnalish va harakat jadvali boʻyicha mazkur korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan belgilangan tartibda yoxud tashish shartnomasi boʻyicha tashish xizmatlari koʻrsatuvchi avtobuslari va mikroavtobuslari kiradi.
Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transportidan shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi bilan tuzilgan tashish shartnomasi boʻyicha yoʻlovchilar tashish uchun foydalanilishi mumkin. Bu holda shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoidalari idoralarga qarashli yoʻlovchilar transportiga nisbatan tatbiq etiladi.
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda transport vositasiga ega boʻlgan, shaharda tijorat asosida yoʻlovchilar tashish xizmati koʻrsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxs;
(7-modda uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni tahririda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2006-yil 13-sentabrdagi OʻRQ- 48-son — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 367-modda)
yoʻlovchi — tashuvchining xizmatidan foydalanuvchi jismoniy shaxs.
Tashish shartnomasi boʻyicha tashuvchi yoʻlovchini va uning bagajini belgilangan manzilga eltib qoʻyishi shart. Yoʻlovchi belgilangan yoʻl haqini, bagaji boʻlsa, bagaj tashish haqini ham toʻlashi shart.
8-modda. Tashuvchining asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
Quyidagilar tashuvchining asosiy vazifalaridir:
fuqarolarning tashishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish;
shahar yoʻlovchilar transportining bir maromda ishlashini tashkil etish;
yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifati va madaniyatini oshirish;
yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini, transport vositalari harakatining xavfsizligini, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish talablari bajarilishini taʼminlash.
9-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
Davlat shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash, soliq solish, kreditlash, moliyalash va narx belgilash, investitsiya, yagona ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish, shuningdek Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan tartibga soladi.
10-modda. Shahar yoʻlovchilar transportini davlat tomonidan boshqarish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
Shahar yoʻlovchilar transportining davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi maxsus vakolat bergan shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi tomonidan amalga oshiriladi.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
rivojlantirish va ilmiy-texnika tadqiqotlari oʻtkazish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish;
litsenziyalash tartibini belgilash;
kreditlash, moliyalash va investitsiyalar sohasida ustun yoʻnalishlarni aniqlash;
metropoliten va boshqa muhim obyektlar qurilishini moliyalash masalalarini hal etish;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni izchil roʻyobga chiqarish;
xalqaro shartnomalar bajarilishini taʼminlash va davlatlararo aloqalarni rivojlantirish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
rivojlanishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash va kompleks mintaqaviy dasturlarni tasdiqlash;
aholiga transport xizmati koʻrsatish haqida shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi bilan shartnoma tuzish va transport harakatini tashkil etish rejasini tasdiqlash;
yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflarni belgilash va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni uyushtirish;
bekatlar, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini, boshqa obyektlarni joylashtirish, qurish va obodonlashtirish masalalarini hal etish;
yoʻlovchilar tashish ishining sifati ustidan nazorat qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
13-modda. Shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organining vakolatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
Shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
tashuvchilar bilan shartnomalar tuzish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
barcha turdagi shahar yoʻlovchilar transportining bir maromda ishlashini taʼminlash;
yagona texnika siyosati yuritish;
barcha turdagi shahar yoʻlovchilar transportini rivojlantirish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish, ularga koʻrsatiladigan xizmatlarning hajmlari va turlarini kengaytirish yuzasidan kompleks tadbirlar ishlab chiqish va ularni roʻyobga chiqarish;
yoʻlovchilarga xizmatlar koʻrsatish tartibi va qoidalarini belgilovchi normativ hujjatlar ishlab chiqish;
avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, shuningdek yoʻnalishli taksilarda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlari va harakat jadvallarini tasdiqlash;
yoʻlovchilarning huquqlari taʼminlanishini nazorat qilish;
shahar yoʻlovchilar transporti subyektlari uchun yagona chipta tizimini joriy etish, yoʻl chiptalari, varaqalari, shuningdek ayrim toifadagi fuqarolarga transportda imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlar tayyorlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
14-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
Tashuvchi shaharda yoʻlovchilar tashishni maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Shaharda yoʻlovchilar tashish uchun litsenziya berish va uni qaytarib olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-sonli “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
15-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash
Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash tashuvchilarning daromadlari, oʻz investitsiyalari va chet el investitsiyalari, budjet mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
Shaharda yoʻlovchilar tashish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, metropoliten qurilishi, qoida tariqasida, davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Bekatlarni, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini loyihalash, qurish, obodonlashtirish va saranjom saqlash, shuningdek yangi tramvay va trolleybus yoʻllari qurish mahalliy budjet hisobidan amalga oshiriladi.
Shahar yoʻlovchilar transporti tashuvchilarining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflar boʻyicha yoʻlovchilar va bagaj tashish xizmatlari koʻrsatish munosabati bilan koʻrgan zarari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli mahalliy budjet hisobidan qoplanadi.
Ayrim toifadagi fuqarolarni transportda imtiyozli tashish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
16-modda. Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻl haqi toʻlash
Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish haqini toʻlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan yoʻl qoʻyiladigan doirada belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagaj tashishning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflari darajasi iqtisodiy asoslangan tashish xarajatlaridan va yoʻlovchilar tashish xizmatlariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.
18-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti vositalarini boshqarish huquqi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish]
Shahar yoʻlovchilar transporti vositalarini boshqarish huquqi tegishli malakaga ega boʻlgan va tibbiy tekshiruvdan oʻtgan shaxsga beriladi.
Yoʻlovchilar transportini boshqarishga doir malaka talablari va tibbiy tekshiruvdan oʻtish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
19-modda. Yoʻnalishlarni tashkil etish. Bekatlar, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organlari, aholining ehtiyojlariga qarab yoʻnalish tarmoqlarini hamda shahar yoʻlovchilar transportining har xil turlarini ulardan samarali foydalanishni nazarda tutgan holda rivojlantirishni taʼminlaydilar.
Yoʻnalishlarni tashkil etish, shu jumladan yangi yoʻnalishlar ochish va ishlab turganlarini oʻzgartirish, bekatlarni, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini joylashtirish yerini aniqlash shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Yoʻlovchilarning, shu jumladan nogironlar va bolali yoʻlovchilarning transport vositasiga chiqishi va undan tushishining xavfsizligini taʼminlash maqsadida bekatlar va toʻxtab oʻtish manzillari hududida jihozlangan supachalar boʻlishi lozim.
Bekatlar va toʻxtab oʻtish manzillarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsati bilan aholiga xizmatlar koʻrsatish obyektlari joylashtirilishi mumkin. Bunda yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligi hamda transport harakati xavfsizligi taʼminlanishi kerak.
Bekatlar,toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillari mazkur turdagi inshootlarga qoʻyiladigan sanitariya va texnika talablariga mos, zamonaviy koʻrinishga ega boʻlishi lozim.
20-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining harakat jadvali
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]
Shahar yoʻlovchilar transportining harakati tashuvchi tomonidan shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi tasdiqlagan harakat jadvaliga muvofiq tashkil qilinadi.
Barcha bekatlarda, oxirgi va toʻxtab oʻtish manzillarida yoʻnalishning nomi, tartib raqami va harakatning oraliq vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumot lavhasi joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar]
Metropoliten bekatlarida poyezdlar harakatining oraliq vaqti maxsus qoidalarga binoan belgilanadi.
21-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti vositalariga qoʻyiladigan talablar
Shahar yoʻlovchilar transporti vositalari xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya talablariga, shuningdek standartlar va texnikaviy shartlarga, tibbiy-sanitariya va yongʻinga qarshi normalarga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi lozim. Transport vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Sertifikatlashdan oʻtmagan va belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan transport vositalari foydalanishga qoʻyilmaydi.
Yoʻlovchilar transportini sertifikatlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Shahar yoʻlovchilar transportining salonida harakat yoʻnalishi, yoʻlovchi va bagaj tashish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumot, shuningdek boshqa zarur axborot boʻlishi lozim.
Tashuvchi shahar yoʻlovchilar transportida nogironlar va bolali yoʻlovchilar uchun zarur qulayliklarni yaratadi.
Yoʻnalishsiz taksilarda yoʻl haqini aniqlash uchun hisoblagich (taksometr), maxsus tanib olish belgilari va boshqa yengil avtomobillardan farqlanuvchi raqam belgilari boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Yoʻnalishsiz taksilar uchun umumiy belgilar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
22-modda. Shahar yoʻlovchilar transportida reklama
Tashuvchilar yuridik va jismoniy shaxslarning reklamasini transport vositalarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtiradilar.
Tashuvchilarning belgilangan yoʻnalishdan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqishi, harakat jadvalini buzishi hamda yoʻlovchilarga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan biron-bir talabni qoʻyishi man etiladi.
yoʻlovchilarni tashish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya etishlari;
yoʻl haqi va bagaj tashish haqini oʻz vaqtida toʻlashlari, chiptani manzilga yetgunga qadar saqlashlari va uni nazorat qiluvchi shaxslarning talabiga binoan koʻrsatishlari;
transportda imtiyozli yurish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatishlari;
shahar yoʻlovchilar transportidan foydalanganda tozalik va tartibga rioya etishlari, tashuvchilarning asbob-uskunalari va mol-mulkini ehtiyot qilishlari;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarishlari shart.
Yoʻlovchilarning tez yonuvchan, portlovchi, zaharli, radioaktiv moddalar va ashyolarni, shuningdek gʻilofsiz oʻqotar qurol, tigʻli va keskir ashyolarni olib yurishlari man etiladi.
Transportda imtiyozli yurish huquqidan foydalanadigan shaxslarning qoʻl yuki va bagaj olib yurishi umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.19.00 Transport va transport xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Transportda imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlar boʻyicha ketayotgan yoʻlovchilar uchun shahar yoʻlovchilar transportida amal qilayotgan tashish qoidalari majburiydir.
27-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Chiptalarni, yoʻl varaqalarini va shahar yoʻlovchilar transportida imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlarni qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik qonunda belgilab qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 254-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-aprel,
419-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 367-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)