1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika;
2.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XOʻJALIK SUDI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
YuRIDIK ShAXSLAR TOMONIDAN ISTEʼMOL QILINGAN ELEKTR ENERGIYASI UChUN TOʻLOV MUDDATI OʻTGAN DEBITOR QARZLARNI MAJBURIY TARTIBDA UNDIRISh TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-noyabrda 1466-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy sudi va Adliya vazirligining 2017-yil 28-avgustdagi 2017-45, 08/UM-156-17, 8-sonli “Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1466-2, 04.09.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 17-martdagi 2005-35, 103 va 20-21-3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga (2005-yil 6-aprel, roʻyxat raqami 1466) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-noyabr,
2006-49-son
Oliy xoʻjalik sudi raisi A. IShMETOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-noyabr,
SP-01/752-son
Adliya vaziri B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-noyabr,
30-son
Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligining 2006-yil 24-noyabrdagi 2006-49, CP-01/752, 30-sonli qaroriga ILOVA
Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida