Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Xususiy sektorni yanada rivojlantirish, parrandachilik korxonalariga investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ustav jamgʻarmasi shakllantirilmaganligi munosabati bilan “OʻzMADparranda-xolding” xolding kompaniyasini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va “OʻzMADparranda-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda kompaniyani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirsin;
“OʻzMADparranda-xolding” xolding kompaniyasi tarkibiga kirgan korxonalardagi davlat ulushlarini ular xususiy mulk qilib sotilgunga qadar tegishli viloyatlar hokimliklariga ishonchli boshqaruvga bersin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Parranda goʻshti va tuxum yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 13-sentabrdagi 419-son
qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.