toggle_night_mode
Hujjat 30.04.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi faoliyatini takomillashtirish va kommunal xoʻjalik korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 17-avgustdagi PQ-445-sonli qaroriga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
6-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari “Oʻztransgaz” AK mintaqalararo unitar korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
12-1-ilovada “tovar nomlari” jadvalidagi 16-pozitsiyada “Oʻzkommunxizmat” agentligi HGTK” soʻzlari “Oʻztransgaz” AK mintaqalararo unitar korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (F.X. Otaxonov) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-oktabr,
PF-3811-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 424-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)