1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish, uning oshkoraligi va barqaror faoliyatini taʼminlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan investitsiyalar jalb etilishini faollashtirish, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish hamda aksiyadorlarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi aksiyadorlik kompaniyalari hamda fond tuzilmalari bilan birgalikda ishlab chiqqan 2006-2007-yillarda qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish dasturi ilovaga* muvofiq maʼqullansin, unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutiladi:
korxonalarni toʻliq davlat tasarrufidan chiqarish va yangi aksiyadorlik jamiyatlari tuzish hisobiga qimmatli qogʻozlar birlamchi bozorini yanada rivojlantirish;
qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozori miqyoslarini jadal rivojlantirish va kengaytirish;
fond bozorining zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish;
qimmatli qogʻozlar bozori uchun kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilishni yaxshilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ijro etuvchi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturdagi chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, bunda korporativ obligatsiyalar chiqarish faqat ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan:
obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunga auditor tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan oʻz shaxsiy kapitali miqdori doirasida;
keyingi uch yil ichida rentabellik, toʻlov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlik jihatidan ijobiy koʻrsatkichlarga ega boʻlgan, auditor tashkilotining xulosalari bilan tasdiqlangan, shuningdek mustaqil reyting bahosini olgan OAJlar;
emitentlar tomonidan investorlarga tegishli mablagʻlarni toʻlash boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklarining ishtirokida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
3. Quyidagilar belgilansin:
aksiyadorlik jamiyatining har yilgi biznes-rejasi kelgusi moliya yilining 1-dekabridan kechiktirmay kuzatuvchi kengash majlisida maʼqullanishi lozim;
aksiyadorlik jamiyatlarining kuzatuvchi kengashlari qonunda belgilangan korporativ boshqaruv normalariga rioya etish boʻyicha aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida har yili hisobot beradilar;
2007-yilning 1-yanvaridan boshlab aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. soʻmdan koʻproq boʻlgan korxonalarda kuzatuvchi kengashlar tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan ichki audit xizmatlari tashkil etiladi;
ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) paketi 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazish uchun auditor tashkilotini tanlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha tanlov asosida amalga oshiriladi.
4. Soliq kodeksida belgilangan tartibning amal qilishi depozitariy xizmatlari va qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil qilish xizmatlariga tatbiq etilsin, unga muvofiq qimmatli qogʻozlar aylanishi boʻyicha operatsiyalar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi.
oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasini ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirishda aksiyadorlar qoʻshimcha aksiyalarning qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini koʻpaytirish tarzida olgan daromadlari soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
qimmatli qogʻozlar bozorida brokerlik (vositachilik) faoliyatini amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korxonalar yalpi daromadning 10 foizi miqdoridagi stavka boʻyicha yagona soliq toʻlaydilar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda 2007-yilning 1-yanvarigacha Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda qimmatli qogʻozlar bozori boʻyicha amaldagi qonun hujjatlarining qoidalarini xalqaro standartlarga muvofiq unifikatsiyalash va takomillashtirish nazarda tutilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-sentabr,
PQ-475-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 387-modda, 51-52-son, 507-modda; 2009-y., 41-son, 441-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; 2015-y., 51-son, 633-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)