1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.79.00 (Кучини йукотган) Nodavlat taʼlim muassasalari (xususiy, jamoat birlashmalari, diniy va boshqa tashkilotlarining taʼlim muassasalari). Nodavlat va diniy taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“TAʼLIM TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 636-XII-sonli “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni oʻz kuchini yoʻqotganligi sababli amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi 464-I-sonli “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 342-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. 22-moddaning:
ikkinchi xatboshisidagi “taʼlim muassasalariga metodik yordam qoʻrsatadi” degan soʻzlar “taʼlim muassasalariga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Davlat tasarrufida boʻlmagan respublika ahamiyatiga molik taʼlim muassasalarining rahbarlari muassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib tayinlanadi”.
“25-modda. Taʼlimni boshqarish davlat idoralari bilan davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarining oʻzaro munosabatlari
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq bunday faoliyat bilan shugʻullanish uchun ruxsat (litsenziya) olganlaridan keyingina taʼlim berish faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladilar.
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonunlari buzilgan hollarda davlat taʼlim boshqaruv organlari nizo sud tartibida hal etilgunga qadar bu muassasalar faoliyatini toʻxtatib turishga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ularning rahbarlarini egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida taklif kiritishga haqlidir.
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalariga qabul davlat oʻquv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda oʻtkaziladi”.
“Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqini qoʻlga kiritadi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
884-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 1993-y., 6-son, 268-modda)