(I, II, III — boʻlimlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-may 73-I-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi 1995-y., 6-son, 121-modda)
(IV—boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi 257-I-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi 1996-y., 11-12-son)
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi]
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1963-yil 23-mart Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963-yil, № 9, 31-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
455-modda quyidagicha mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Undirish garov narsasiga qaratilganda garovga oluvchining talablarini qondirishga boshqa kreditorlarga nisbatan ustunlik beriladi. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan istisnolar bundan mustasno”;
ushbu moddaning ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.
VI. 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda) 39-moddasining birinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “rayosatlari sud hayʼatlari ishni kassatsiya tartibida qarab chiqib, qabul qilgan qarorlariga” degan soʻzlar “sud xayʼatlari ishni kassatsiya tartibida qarab chiqib, qabul qilgan ajrimlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(VII—boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 437-II-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi 2002-y., 12-son, 218-modda)
(VIII—boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi 1997-y., 4-5-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
882-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 266-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda; 1996-y., 11-12-son; 1997-y., 4-5-son; 2002-y., 12-son, 218-modda)