1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PAXTA CHIGITINI YETKAZIB BERISH VA UNDAN FOYDALANISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH BOʻYICHA QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanilishini nazorat qilishning bozor mexanizmini takomillashtirish, bozorda sifatsiz yogʻ-moy mahsulotlari paydo boʻlishining olini olish, aholini belgilangan standartlarga javob bermaydigan oziq-ovqat yogʻi isteʼmol qilishdan himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston “Sifat” markazi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz” davlat markazi tomonidan paxta chigitini hisobga olish, uning harakati va sifati tizimi ishlab chiqilganligi hamda unda quyidagilar nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
texnik chigitni yogʻ-moy korxonalarining masʼul vakillari tomonidan bevosita paxta tozalash zavodlarida sifati va miqdori boʻyicha qabul qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
yogʻ-moy zavodlari va paxta tozalash zavodlari oʻrtasida paxta chigiti yetkazib berish va uni qabul qilib olish yuzasidan har oyda uch tomonlama solishtirish dalolatnomalari tuzish asosida mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
paxta tozalash zavodlaridan yuklab joʻnatilayotgan texnik va urugʻlik chigitning barcha turkumlarini ularning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinishiga koʻmaklashuvchi sertifikatlanishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
barcha paxta tozalash korxonalarining texnologik jarayonida qayta ishlangan paxta chigiti hajmini hisobga olishning elektron vositalari faoliyat koʻrsatishi;
paxta tozalash va yogʻ-moy sanoati korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, yetkazib berish va undan foydalanishni hisobga olish boʻyicha davlat statistika hisobotini yuritish.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
2. Quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra 2006-yil paxta xom ashyosi hosilidan boshlab:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, pressli yogʻ-moy zavodlariga paxtaning texnik chigitini berish toʻxtatiladi;
texnik chigit Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan yogʻ-moy zavodlari va paxta tozalash zavodlarining joylashishi asosida, faqat yogʻning normativga muvofiq chiqishini taʼminlayotgan yogʻ-ekstraksiya korxonalariga ajratiladi;
paxta tozalash zavodlaridan yogʻ-moy zavodlariga texnik chigit qatʼi shartnoma asosida 100 foiz haqini oldindan toʻlash sharti bilan yetkazib beriladi;
uy sharoitlarida va ekstraksiya boʻlimlariga ega boʻlmagan kichik sexlarda paxta chigitini qayta ishlash va paxta yogʻi ishlab chiqarish amaldagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi hamda paxta chigitini qayta ishlash bilan noqonuniy shugʻullanayotgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda qattiq jazo choralari, hatto jinoiy javobgarlik choralari koʻriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga paxtaning texnik chigitini taqsimlash bilan shugʻullanish qatʼiyan taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
3. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2007-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda “Chimboy-moy” aksiyadorlik jamiyatini, “Turon-Xoʻjayli” aksiyadorlik jamiyatini va “Yogʻgar” aksiyadorlik jamiyatini ekstraksiya boʻlimlari oʻrnatish yoʻli bilan modernizatsiya qilsin. Bunda ushbu korxonalar modernizatsiya davrida, istisno tariqasida, paxtaning texnik chigiti bilan taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
4. Paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi Oʻzbekiston “Sifat” markazining Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda oʻzlariga qarashli korxonalarda koʻrsatib oʻtilgan Nizom normalariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
5. Belgilab qoʻyilsinki, paxta xom ashyosini qayta ishlashning texnologik jarayonida ishlab chiqarilayotgan paxta chigitini miqdor jihatdan hisobga olish uchun majburiy tartibda elektron tarozilar oʻrnatilgan boʻlishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tarmoqning paxta tozalash korxonalarida 2006-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda paxta chigitini miqdor jihatdan hisobga olish boʻyicha elektron tarozilar oʻrnatishga doir tadbirlarni, moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston “Sifat” markazi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi rahbarlariga paxta tozalash korxonalarida paxta chigitini tortish va sertifikatlash jarayoni muntazam ravishda nazorat qilinishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi paxtaning texnik chigitiga ulgurji narxlar preyskurantini shakllantirishda qatʼiy ravishda xarajatlarni qoplash va paxta tozalash zavodlarining rentabelli ishlashini taʼminlash zaruriyatidan kelib chiqsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi 2006-yil 1-oktabrdan boshlab paxta tozalash va yogʻ-moy sanoati korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, yetkazib berish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida har oylik davlat statistika hisoboti shaklini belgilangan tartibda joriy etsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi hamda Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi bilan birgalikda Jinoyat kodeksiga paxta chigitini qayta ishlash bilan noqonuniy shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarga, shuningdek ishonib topshirilgan korxonalarda ishlab chiqarishning texnologiya va sanitariya normalariga rioya etmayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni bir oy muddatda tayyorlasin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-sentabr,
199-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-sentabrdagi 199-son qaroriga ILOVA
Paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom Paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
I. Paxta chigiti ishlab chiqarishni hisobga olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
2. Paxta xom ashyosini paxta tozalash korxonalarining linter sexlarida qayta ishlash jarayonida paxtaning texnik va urugʻlik chigiti tozalanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
3. Ishlab chiqarish jarayonini toʻxtatmasdan qayta ishlash jarayonida olinadigan chigitlarning jami hajmi maxsus elektron tarozilarda tortiladi.
Ishlab chiqarishdan olingan chigitni hisobga olish uchun har qaysi smena boʻyicha oʻlchashlar natijalari smena boshligʻi (master) tomonidan “Ishlab chiqarishdan olingan chigitlarni tarozida oʻlchash uchun oʻlchovnoma” 38-XL shakli bir nusxada toʻldiriladi.
Maxsus tarozilar buzilgan taqdirda chigitlar avtomobil tarozilarida tortiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Tortilgan chigitlar oʻlchovnomasi asosida har qaysi smena boʻyicha smena boshligʻi va buxgalter tomonidan “Ishlab chiqarishdan olingan tortilgan chigitlarni hisobga olish daftari” 44-XL shakli toʻldiriladi.
5. Ishlab chiqarishdan olingan chigitlarni qabul qilib olishda klassifikator (tovarshunos) tomonidan “Ishlab chiqarishdan olingan chigitlarni qabul qilib olish toʻgʻrisida raport” 45-XL shakli uch nusxada toʻldiriladi:
birinchi nusxa — xom ashyo va tayyor mahsulot boʻlimi tovarshunosiga beriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
ikkinchi nusxa — paxta tozalash korxonasi buxgalteriyasiga topshiriladi.
uchinchi nusxa — “Sifat” markazining urugʻlik laboratoriyasiga beriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
6. Paxta xom ashyosining butun turkumini qayta ishlash tugallangandan keyin tovarshunos tomonidan 45-XL shakli boʻyicha yigʻma raport tuziladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
Yigʻma raport ishlab chiqarish topshirigʻini toʻldirish uchun tortilgan chigitlar oʻlchovnomalari bilan birga korxonaning reja boʻlimiga, soʻngra ishlab chiqarish topshirigʻi bilan birga korxona buxgalteriyasiga beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
7. Omborda chigitlarning harakatini hisobga olish xom ashyo va tayyor mahsulot tovarshunosi tomonidan “Omborda texnik chigitlarni hisobga olish daftari” 46-XL hamda “Omborda urugʻlik chigitlarni hisobga olish daftari” 47-XL shakllari boʻyicha amalga oshiriladi. Ushbu daftarlar paxta tozalash korxonasi buxgalteriyasida ham yuritiladi.
8. Kalendar oy tugagach chigitlarning qoldiq miqdori aniqlanadi va omborda hisobga olish daftarlari bilan taqqoslanadi, buxgalter va tovarshunos tomonidan imzolanadi.
9. Chigit ishlab chiqarish monitoringi “Sifat” markazining paxta tozalash korxonasi huzuridagi urugʻlik laboratoriyasi mudiri tomonidan amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
10. Paxta tozalash korxonasida paxta xom ashyosini qayta ishlash mavsumi oxirida chigit omborlari xatlovdan oʻtkaziladi va tozalanadi, ularning natijalari tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
II. Paxtaning texnik chigitini sinash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
11. Paxta tozalash korxonasida paxta chigiti turkumidan namuna olish yogʻ-moy korxonalari tomonidan, mahsulot qabul qilib olingan kunda, ishonchnoma asosida birkitilgan paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
12. Sinash uchun olingan texnik chigitni “Sifat” markazi vakili qopqogʻi zich yopilgan bankaga yoxud qalin polietilen paketga joylaydi va unga namunani identifikatsiya qiluvchi maxsus etiketka qoʻyadi. Namuna oluvchi imzolagan etiketkada paxta zavodining, paxta chigiti turkumining tartib raqami, namuna olingan sana, namuna oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi.
Namuna “Sifat” markazining urugʻlik laboratoriyasiga beriladi, bu yerda undan 2 kg miqdorida oʻrtacha namuna ajratiladi. Oʻrtacha namuna taxminan teng boʻlgan ikki qismga — sinash uchun va nazorat namunasiga ajratiladi. Olingan namuna sinovdan oʻtkaziladi.
Namunaning nazorat qismi idishga joylanadi, unga barcha namuna oluvchilar vakillarining familiyalari va imzolari bilan yozilgan yorliqcha joylanadi, soʻngra u idishning ochilgani bilinmaydigan rasmiy tartib raqamli plomba yoki yorliq bilan bekitiladi.
Namunaning nazorat qismi “Sifat” markazining urugʻlik laboratoriyasida 15 kun mobaynida saqlanadi.
13. Paxta tozalash yoki yogʻ-moy korxonalari tomonidan eʼtirozlar paydo boʻlganda kelishmovchiliklar namunaning nazorat qismi boʻyicha hal etiladi. Tekshirilayotgan aniq turkumning tegishliligini tasdiqlaydigan nazorat namunasining saqlanishi va identifikatsiya qilinishi uchun “Sifat” markazi javob beradi.
14. “Sifat” markazining vakili Namuna tanlash dalolatnomasini rasmiylashtiradi, uni “Sifat” markazi, paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari vakillari imzolaydilar. Dalolatnomaning bir nusxasi “Sifat” markazida qoladi, ikki nusxasi paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari vakillariga beriladi.
15. Texnik chigitning har qaysi turkumini sinash “Sifat” markazi mutaxassislari tomonidan, paxta tozalash korxonalari hududlarida joylashgan va “Sifat” markazining akkreditatsiya qilingan mintaqaviy laboratoriyalari filiallari hisoblanadigan urugʻlik laboratoriyalarida Oʼz DSt 596 “Texnik paxta chigiti. Texnik shartlar” talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
“Sifat” markazining urugʻlik laboratoriyalarida paxtaning texnik chigiti sinovlarini oʻtkazishda paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari vakillari ishtirok etadilar.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
17. Tashib keltirilayotgan har qaysi turkum uchun texnik paxta chigiti sifatini sinash natijalari Sinash protokoli bilan rasmiylashtiriladi.
Sinash protokolini “Sifat” markazining sinashni bevosita oʻtkazgan vakili imzolaydi, soʻngra u “Sifat” markazining akkreditatsiya qilingan mintaqaviy laboratoriyasi masʼul vakili tomonidan tasdiqlanadi va muhr (Xizmat koʻrsatish belgisi) qoʻyiladi.
Paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari vakillari Sinash protokolida “Sifat” markazining texnik paxta chigiti sifati bahosiga roziligini tasdiqlaydilar.
18. Texnik paxta chigiti sifatining bahosiga norozi boʻlinganda paxta tozalash yoki yogʻ-moy korxonalari vakillari apellyatsiya, yaʼni sertifikatlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha biron-bir qaror yuzasidan shikoyat bilan “Sifat” markaziga murojaat qilish huquqiga ega. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish tartiboti “Sifat” markazi tomonidan RD Uz 51-026-94 “NSS Uz. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish tartibi”ga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Paxta tozalash yoki yogʻ-moy korxonalari vakillari oʻzlarining ishtirokida “Sifat” markazining urugʻlik yoki Markaziy laboratoriyasida takroriy va parallel sinashlar oʻtkazilishini talab qilishlari mumkin.
Agar takroriy sinashlar natijasi dastlabki sinashlardan yoʻl qoʻyiladigan doirada farq qilsa, u holda sifatning dastlabki bahosi toʻgʻri hisoblanadi va qatnashuvchi tomonlar uchun uzil-kesil hisoblanadi. Aks holda takroriy sinashlar natijasi uzil-kesil baho hisoblanadi.
20. Sifat koʻrsatkichlari Oʼz DSt 596 talablariga muvofiq boʻlgan texnik paxta chigiti sinovlari protokolida “Sifat” markazi vakillari tomonidan Muvofiqlik sertifikatining tartib va reyestr raqami, shuningdek muayyan turkumning sertifikatlashdan oʻtganini tasdiqlaydigan Oʼz DSt 1.19:2000 “Muvofiqlikni tasdiqlash belgilari. Shakli, yozilishi, asosiy kattaliklari”ga muvofiq Muvofiqlik belgisi koʻrsatiladi.
21. Sifat koʻrsatkichlari Oʼz DSt 596 talablariga muvofiq boʻlgan texnik paxta chigiti Sinash protokolida “Sifat” markazi vakillari tomonidan Muvofiqlik belgisi qoʻyilmaydi va inspeksiya dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
22. Sinash protokolining bir nusxasi turkumni qabul qilib oluvchi yogʻ-moy korxonalarining vakillariga beriladi va u yogʻ-moy korxonasida tekshirilgan turkumni tashishda texnik paxta chigiti sifati toʻgʻrisidagi ilova hujjat hisoblanadi.
Sinash protokolining ikkinchi nusxasi paxta tozalash korxonalari vakillariga, uchinchi nusxasi esa “Sifat” markazi mintaqaviy laboratoriyasiga beriladi.
23. Yogʻ-moy korxonalariga paxta chigiti turkumi qismlar (bir nechta avtotransport vositalari) boʻyicha yuklab joʻnatilgan taqdirda har qaysi turkum uchun Sinash protokolining dublikati beriladi.
Yuklab joʻnatiladigan turkum qismiga beriladigan Sinash protokolining har qaysi dublikatida sifat natijalari takrorlanadi, paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari vakillarining axboroti boʻyicha aniq transport vositasining rekvizitlari, shuningdek tashib ketilayotgan texnik paxta chigitining fizik va konditsion massasi boʻyicha maʼlumotlar koʻrsatiladi. Bunda paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari vakillari paxta zavodida oʻz tanlovi boʻyicha alohida transport birligidan olingan namunani birgalikda tekshirib koʻrishni talab qilish huquqiga egadirlar.
24. Oʼz DSt 596 talablariga javob bermaydigan texnik paxta chigiti aniqlangan taqdirda Sinash protokoliga aniqlangan nomuvofiqlar toʻgʻrisida yozib qoʻyiladi.
Tegishli belgilar va Sinash protokolida Muvofiqlik belgisining mavjud emasligi aniqlangan hajm uchun Muvofiqlik sertifikati tatbiq etilmasligidan dalolat beradi. “Sifat” markazi vakilining paxta chigitining nostandart hajmlari boʻyicha bundan keyingi harakatlari “Oʻzstandart” agentligi tomonidan 2005-yil 8-avgustda tasdiqlangan Texnik paxta chigitini sertifikatlash tartibining 5.3-bandi bilan belgilanadi.
III. Paxta chigitini yogʻ-moy korxonalariga yuklab joʻnatish va tashish
25. Har yili “Oʻsimlik yogʻini ishlab chiqarish va yetkazib berish parametrlari balansi” koʻrib chiqilgungacha va tasdiqlangungacha “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasiga qayta ishlanayotgan paxta xom ashyosi prognoz hajmlarini hamda ishlab chiqarilayotgan texnik paxta chigiti hajmlarini paxta zavodlari boʻyicha taqdim etadi.
Taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi yogʻ-moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik parametrlarini hisobga olgan holda “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va “Sifat” markazi bilan kelishuv boʻyicha yogʻ-moy va paxta tozalash korxonalarini joylashtirish loyihasini ishlab chiqadi hamda uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi.
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan tasdiqlangan joylashtirish tartibi tegishli shartnomalar tuzish uchun idoraviy boʻysunuvchi korxonalarga yetkaziladi.
26. Yogʻ-moy korxonalari har qaysi oy boshlangungacha paxta tozalash korxonasiga tashishda qatnashadigan avtotransport vositalari roʻyxatini davlat raqami va haydovchilar familiyasini koʻrsatgan holda taqdim etadilar.
27. Texnik paxta chigitini yogʻ-moy korxonalariga yuklab joʻnatish faqat mazkur roʻyxatda koʻrsatilgan avtomashinalarda, shuningdek temir yoʻl transportida amalga oshiriladi.
28. Paxta chigitini omborlarda yoki bevosita ishlab chiqarishda avtomashinalarga yuklash jarayonida va yogʻ-moy korxonalariga yuklab joʻnatish vaqtidagi tortishda paxta tozalash, yogʻ-moy korxonalari, “Sifat” markazi vakillari ishtirok etadilar. Paxta chigiti yogʻ-moy korxonalarining haydovchi-ekspeditori tomonidan qabul qilinadi, u tashilayotgan yukning saqlanishi uchun javob beradi.
Yuklangan transport vositasiga paxta tozalash zavodi tomonidan tovar-transport yuk xati rasmiylashtiriladi. Yuk xatiga Sinash protokoli dublikati ilova qilinadi, unda “Sifat” markazi laboranti paxta chigiti sifati natijalarini takrorlaydi, yuk xati tartib raqami bilan aniq transport vositasi rekvizitlarini, shuningdek paxta zavodi va yogʻ-moy korxonasi vakillari oʻrtasida kelishilgan tashilayotgan texnik paxta chigitining fizik va konditsion massasi boʻyicha maʼlumotlarni koʻrsatadi.
29. Avtomashinalar yoki tirkamali traktorlar bilan tashilayotgan paxta chigiti uchun 1-TXL yoki 1-TAXL shakli boʻyicha tovar-transport yuk xatlari, temir yoʻl orqali tashilganlari uchun esa temir yoʻl yuk xati rasmiylashtiriladi.
30. Yuklangan paxta chigiti hisobi 42-XL va 43-XL shaklli daftarlarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
31. Paxta tozalash korxonalarida temir yoʻl tarozilari mavjud boʻlmaganda paxta chigiti ortilgan vagonni temir yoʻl stansiyasi tarozilarida tortish jarayonida temir yoʻl, paxta tozalash, yogʻ-moy korxonalari, “Sifat” markazi vakillari ishtirok etadilar, ular temir yoʻl yuk xatini imzolaydilar.
32. Paxta tozalash korxonalaridan yogʻ-moy korxonalariga yuklab joʻnatilgan paxta chigitini fizik va konditsion massasi boʻyicha taqqoslash dalolatnomalari tuzish har oyda amalga oshiriladi.
Taqqoslash dalolatnomalari 1-shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi hamda paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari hamda “Sifat” markazi inspektori tomonidan imzolanadi va 9-SB “Tayyor mahsulot kirimi, sarfi va qoldiqlari” shakli boʻyicha hisobotga ilova qilinadi. 9-SB shakli paxta tozalash korxonalari va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik jamiyatining buxgalteriyasi va reja boʻlimlari tomonidan toʻldiriladi, yuqori tashkilotga hisobot oyidan keyingi oyning 2-kunidan kechikmay taqdim etiladi.
33. 9-SB “Paxta xom ashyosi va paxta mahsulotlari kirimi, sarfi va qoldigʻi” shaklining hisobot maʼlumotlari 1P “Mahsulotni taʼminlash hisoboti” shaklidagi hisobot maʼlumotlari bilan bir xil boʻlishi kerak. Ushbu hisobotlarda texnik paxta chigitining konditsion massasi koʻrsatiladi. Paxta chigiti sifatini nazorat qilish inspeksiyasi oʻziga birkitilgan funksiyalar doirasida javob beradi.
34. Paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarga doir normativ hujjatlar talablariga, shuningdek qabul qilish, yuklab joʻnatish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalari vaqtida ularning sifatini sinash metodlariga rioya qilinishini doimiy nazorat qilib borish maqsadida har qaysi inspektorga aniq paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari birkitilgan.
35. Paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari vakillari “Sifat” markazi laboratoriyalarining mudiri ishtirokida paxta tozalash korxonasida har kuni paxta tozalash korxonalaridan yuklab joʻnatilgan paxta chigiti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuzadilar, ularda avtomashinalarning davlat raqamlari, paxta chigiti massasini koʻrsatishadi va ularning yogʻ-moy korxonasiga yetib kelishini taqqoslaydilar.
“Sifat” viloyat markazi inspektorlari har kuni viloyat boʻyicha har qaysi paxta tozalash korxonasidan yuklab joʻnatilgan paxta chigiti sifati va massasiga doir maʼlumotlarni toʻplaydilar va elektron pochta orqali “Sifat” markaziga joʻnatadilar.
IV. Yogʻ-moy korxonalari tomonidan texnik paxta chigitini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash
36. Tarozibon paxta chigiti avtomobil transportida keltirilganda haydovchi-ekspeditordan uch nusxada tovar-transport yuk xatini, Sinash protokolini oladi, paxta chigiti yuklangan avtotransport vositasini tarozida tortadi va brutto massasini tarozida tortish daftariga, shuningdek nusxa koʻchirish qogʻozi vositasida yuk xatining barcha uch nusxasiga yozadi hamda paxta chigiti yuklangan avtomobil transporti vositasini koʻrsatilgan yuk tushirish joyiga joʻnatadi.
Paxta zavodi yuk xatining barcha uch nusxasi yuk tushirilgungacha va boʻsh avtotransport taroziga qaytib kelgungacha tarozibonda qoladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
37. Avtotransport tarozida tortilgandan keyin tarozibon qabul qilingan paxta chigitining netto massasini (brutto va tara massasi oʻrtasidagi tafovut boʻyicha) tarozida tortish daftariga va yuk xatining barcha nusxalariga yozadi, yuk xatlarini imzolaydi va shtamp qoʻyadi. Oʻlchovnomalar daftari tarozida tortish xonasida qulflangan holda saqlanishi kerak. Navbatchi tarozibonlar har qaysi smena boʻyicha soʻnggi yozuvlar oxiriga smena topshirilgani va qabul qilingani toʻgʻrisida imzo qoʻyadilar.
38. Toʻldirilgan yuk xatining birinchi nusxasini Sinash protokoli bilan birga tarozibon oʻzida qoldiradi, ikkinchi va uchinchi nusxalarini esa paxta chigitini yetkazib bergan haydovchiga (topshiruvchiga) qaytaradi va unga, agar bunday holat mavjud boʻlsa, kamomad toʻgʻrisidagi dalolatnomani beradi. Kamomad toʻgʻrisidagi dalolatnoma yuk xati, Sinash protokoli bilan birga buxgalteriyaga taqdim etiladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
Agar paxta chigiti kamomadi avtomobillarda tashish vaqtidagi tabiiy kamayish normalaridan oshmasa, u holda kamomad toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilmaydi. Kamomad dalolatnomasi asosida haydovchi- ekspeditordan yoʻldagi kamomad hajmidan ishlab chiqariladigan yogʻ-moy mahsuloti qiymati summasi undirib olinadi va kelgusida ushbu haydovchi paxta chigiti tashishga takroran jalb etilmaydi.
39. Chigit sifatini sinash protokoli maʼlumotlarini nazorat tartibida tekshirish uchun yogʻ-moy zavodi laboratoriyasi chigit yetkazib bergan avtotransport vositasidan namuna oladi hamda standart boʻyicha belgilangan metodlar boʻyicha nazorat tartibidagi tahlillarni oʻtkazadi. Sinash protokolida koʻrsatilgan maʼlumotlardan amaldagi standart boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan doirada chigitning sifati boʻyicha farq mavjud boʻlganda chigit sinash protokolida koʻrsatilgan sifat koʻrsatkichlari boʻyicha kirim qilinadi.
Yogʻ-moy zavodining nazorat tahlili sifat boʻyicha sinash protokolida koʻrsatilgan maʼlumotlardan amaldagi standart boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan doiradan ortiqcha farqni aniqlagan taqdirda bu haqda chigitning ushbu turkumini qaytadan sinash uchun yogʻ-moy zavodining vakiliga va “Sifat” markazining inspektoriga xabar beriladi.
40. Qayta sinovdan oʻtkazish chigit turkumining nazorat namunasi boʻyicha belgilangan shaklda berilgan apellyatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu masala hal boʻlmagunga qadar chigit sinash protokoli koʻrsatkichlari boʻyicha kirim qilinadi. Qayta tahlil natijalari olinganda miqdor-sifat hisobi daftariga tegishli tuzatish yozuvi kiritiladi. Dastlabki yozuv qizil siyoh bilan chiziladi, yangi yozuv esa qora siyoh bilan eʼtiroz qanoatlantirilgan oyga yoziladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar]
41. Chigit temir yoʻl transportida keltirilganda tarozibon temir yoʻl vagonini chigit bilan birga tortadi, daftarga brutto massasini yozadi va vagonni tushirishga yuboradi. Chigit tushirilgandan keyin vagon yana tortiladi, daftarga vagon massasi yoziladi va qabul qilingan chigitning netto massasi hisoblab chiqariladi. Paxta chigiti kamomadi uni temir yoʻl transportida tashishda tabiiy kamayish normasidan ortiq boʻlmagan taqdirda tijorat dalolatnomasi tuzilmaydi. Tabiiy kamayish normalaridan tashqari brutto massasining 0,1 foizi miqdorida tarozi farqiga yoʻl qoʻyiladi.
42. Paxta chigiti kamomadi uni temir yoʻl transportida tashishda tabiiy kamayish normasidan ortiq boʻlgan taqdirda temir yoʻl stansiyasi, chigit xoʻjaligi boshligʻi ishtirokida, “Sifat” markazi vakilini jalb etgan holda tijorat dalolatnomasi tuziladi. Bunda temir yoʻlga kamomad yuzasidan eʼtiroz tasdiqlangan normalar boʻyicha tabiiy kamayish chegirib tashlangan holda taqdim etiladi.
43. Sinash protokolining chigit sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini nazorat tartibida tekshirish uchun yogʻ-moy zavodi laboratoriyasi chigit yetkazib bergan temir yoʻl vagonlaridan namuna oladi hamda standart boʻyicha belgilangan metodlar boʻyicha nazorat tartibidagi tahlillarni oʻtkazadi. Sifat boʻyicha yogʻ-moy zavodining nazorat tahlili bilan sinash protokolida koʻrsatilgan maʼlumotlarda farq boʻlgan taqdirda avtomobil transportida keltirilgan chigitga nisbatan tutilgan yoʻl qoʻllanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
44. Chigitni chigit xoʻjaligi ombori boʻyicha hisobga olish miqdor-sifat hisobi daftarida (ombor daftarida) navlar boʻyicha — kirim boʻyicha hamda turli navlar chigiti aralashmasi — chiqim boʻyicha olib boriladi. Paxta chigiti oʻzaro solishtirish dalolatnomalariga muvofiq kirim boʻyicha — namlikning massadagi ulushi hamda mineral va organik aralashmalarning massadagi ulushi amaldagi standartga muvofiq hisoblab chiqarilgan normalarga keltirilgan holda, chiqim boʻyicha — fizik massa boʻyicha, miqdor jihatdan fizik va konditsion massa boʻyicha hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
45. Paxta chigitini omborda saqlash davrida ularning sifati va miqdori boʻyicha saqlanishi uchun moddiy javobgar shaxs — ombor mudiri javob beradi, u bilan ushbu lavozimga tayinlash vaqtida uning moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
46. Paxtaning texnik chigiti saqlanishini taʼminlash uchun paxta chigitini yetkazib berishni oʻzaro taqqoslash oʻtkaziladi. Har oyda paxta tozalash zavodlari yogʻ-moy zavodlari va “Sifat” markazining inspektori bilan birgalikda 6 nusxada oʻzaro taqqoslash dalolatnomasini toʻldiradilar (1-shakl), unda paxta tozalash zavodlari tomonidan yuklab joʻnatilgan chigit hajmi assortiment boʻyicha, fizik va konditsion ogʻirlikda hamda yogʻ-moy zavodlari tomonidan qabul qilingan chigit hajmi assortiment boʻyicha, fizik va konditsion ogʻirlikda koʻrsatiladi, agar farq mavjud boʻlsa uning sabablarini birgalikda koʻrsatadilar.
47. Paxta tozalash zavodi va yogʻ-moy zavodining rahbari, bosh buxgalteri va chigit xoʻjaligi boshligʻi, shuningdek “Sifat” markazi inspektori tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan dalolatnomalarni paxta tozalash zavodi, yogʻ-moy zavodi va “Sifat” markazi inspektori bir nusxadan hisobot davridan keyingi oyning 3-kunigacha boʻlgan muddatda oʻz yuqori tashkilotlariga yuboradilar hamda bir nusxadan oʻzlariga olib qoladilar. Paxta chigitini yuklab joʻnatish va qabul qilib olish oʻrtasidagi farq ularning hosil boʻlish sabablari aniqlangandan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tartibga solinadi.
48. Oʻzaro taqqoslash dalolatnomalarining umumlashtirilgan natijalari “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda “Sifat” markazi tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etiladi.
49. Ishlab chiqarilgan tayyor yogʻ-moy mahsulotlari tortiladi va ogʻirligi boʻyicha ombor mudirlarining masʼuliyati ostida tayyor mahsulotlar omborlariga beriladi.
Korxonaning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi xatlov komissiyasi har oyda xom ashyo, tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarish omborlarini xatlovdan oʻtkazadi.
50. Paxtaning texnik chigitini qayta ishlash tugallangandan keyin “Sifat” markazi inspektori ishtirokida barcha yogʻ-moy korxonalarida paxta chigiti omborlari xatlovdan oʻtkaziladi va tozalanadi, ularning natijalari tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
V. Kamomad va normativdan ortiqcha yoʻqotishlar boʻlganda zarar summasini aniqlash
51. Paxta chigitining kamomadi yoki normativdan ortiqcha yoʻqotishlari:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
paxta tozalash zavodlarida — qoldiqlarni hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan va yuklab joʻnatilgan paxta chigiti hajmlarini taqqoslash yoʻli bilan;
yogʻ-moy zavodlarida — paxta tozalash zavodlaridan yuklab joʻnatilgan chigit hajmlarini hamda omborlardagi mavjud qoldiqlarni hisobga olgan holda qayta ishlangan hajmlarga muvofiqligini taqqoslash yoʻli bilan aniqlanadi.
Paxta chigitining kamomadi yoki normativdan ortiqcha yoʻqotishlari holati boʻyicha belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi.
52. Aniqlangan kamomad yoki normativdan ortiqcha yoʻqotishlar boʻyicha zarar summasi tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnomada koʻrsatilgan kamomad (yoʻqotish) hajmidan ishlab chiqariladigan yogʻ-moy mahsulotlari qiymati boʻyicha aniqlanadi.
Paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-shakl
Paxta chigitini yetkazib berishni oʻzaro taqqoslash Dalolatnomasi
200___yil “___”__________
Yetkazib beruvchi _____________________________________________________________________ (nomi va manzili)
Oluvchi _____________________________________________________________________________ (nomi va manzili)
“Sifat” markazining inspektori _______________________________________________________ (nomi va manzili)
200____yil “____” _____________ dan 200____yil “_____” ____________ gacha boʻlgan davrda paxta chigiti yetkazib berishni taqqoslab chiqdik.
Taqqoslash natijasida quyidagilar aniqlandi:
Yetkazib beruvchi maʼlumotlariga koʻra
Oluvchi maʼlumotlariga koʻra
Farqi (+ortiqcha, - kamomad)
navi
Fizik massasi, kg
Konditsion massasi, kg
navi
Fizik massasi, kg
Konditsion massasi, kg
Fizik massasi, kg
Konditsion massasi, kg
1
2
3
4
5
6
7
8
Yuzaga kelgan farqni tushuntirish: (chigitning navini notoʻgʻri aniqlash hisobiga, chigitning yoʻlda ushlanib qolishi hisobiga va boshqalar)
Yetkazib beruvchi imzosi: Rahbar — imzo Bosh buxgalter — imzo
Har oyda paxta tozalash zavodi va yogʻ-moy zavodining masʼul vakillari, shuningdek “Sifat” markazining inspektori 6 nusxada oʻzaro taqqoslash dalolatnomasini toʻldiradilar, unda paxta tozalash zavodlari tomonidan yuklab joʻnatilgan chigit hajmi assortiment boʻyicha, fizik va konditsion ogʻirlikda hamda yogʻ-moy zavodlari tomonidan qabul qilingan chigit hajmi assortiment boʻyicha, fizik va konditsion ogʻirlikda koʻrsatiladi, agar farq mavjud boʻlsa uning sabablarini birgalikda koʻrsatadilar.
Paxta tozalash zavodi va yogʻ-moy zavodining rahbari, bosh buxgalteri va chigit xoʻjaligi boshligʻi, shuningdek “Sifat” markazi inspektori tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan dalolatnomalarni paxta tozalash zavodi, yogʻ-moy zavodi va “Sifat” markazi inspektori bir nusxadan hisobot davridan keyingi oyning 3-kunigacha oʻz yuqori tashkilotlariga yuboradilar hamda bir nusxadan oʻzlariga olib qoladilar.
Paxta chigitini yuklab joʻnatish va qabul qilib olish oʻrtasidagi farq ularning hosil boʻlish sabablari aniqlangandan keyin belgilangan tartibda tartibga solinadi.