1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Mikromoliyalash toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 21-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda maʼqullangan
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi mikromoliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish, fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining ishchanlik faolligini oshirish uchun ularning moliyaviy mablagʻlar hamda xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Mikromoliyalash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Mikromoliyalash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining Mikromoliyalash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Mikromoliyalash mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) muvofiq boshqa xizmatlar koʻrsatish borasidagi faoliyatidir.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]
4-modda. Mikrokredit
Mikrokredit qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada toʻlovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablagʻlaridir.
Mikrokredit qarz oluvchiga pul mablagʻlarini shartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun ishlatish shartlari asosida (maqsadli mikrokredit) berilishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.12.00 Qarz]
5-modda. Mikroqarz
Mikroqarz mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summada muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa toʻlovlilik sharti asosida ham beriladigan pul mablagʻlaridir.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang)]
Mikrolizing mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan lizing oluvchining topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir.
Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi.
Ushbu Qonunda qarz oluvchilarga nisbatan belgilangan qoidalar mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning xizmatlaridan foydalanuvchi lizing oluvchilarga nisbatan qoʻllaniladi.
7-modda. Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar
Banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlardir.
8-modda. Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish qoidalari
Mikromoliyaviy xizmatlar mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish qoidalariga muvofiq koʻrsatiladi.
Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish qoidalari mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish qoidalari barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlishi va mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartlarini, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish miqdori, muddatlari va haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
9-modda. Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun mablagʻlarning manbalari
Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻz mablagʻlari, shu jumladan olgan daromadlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatadi.
10-modda. Mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish qoidalariga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslar mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotga mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish uchun buyurtma (bundan buyon matnda buyurtma deb yuritiladi) hamda oʻz faoliyati va daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boshqa hujjatlar taqdim etadi.
11-modda. Buyurtma
Buyurtmada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
yuridik shaxs uchun — uning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va bank rekvizitlari;
jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti (yoki pasport oʻrnini bosuvchi boshqa hujjati) seriyasi va raqami, doimiy yashash joyining manzili, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor uchun — qoʻshimcha ravishda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va bank rekvizitlari;
mikromoliyaviy xizmatlarning summasi, turi, maqsadi, bunday xizmatlar koʻrsatish muddatlari va obyekti;
buyurtma beruvchining faoliyat turi va daromadlari.
Buyurtma buyurtma berilgan sana koʻrsatilgan holda buyurtma beruvchi tomonidan imzolanadi.
12-modda. Buyurtmani koʻrib chiqish
Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot buyurtmani olganidan soʻng oʻn ish kuni ichida uni koʻrib chiqishi va mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida yoki mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishni asoslantirilgan holda rad etish haqida qaror qabul qilishi shart.
buyurtmada bayon etilgan maʼlumotlarning bir-biriga zid boʻlmasligi;
mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot oldidagi majburiyatlarni buyurtma beruvchi tomonidan oʻz vaqtida bajarish imkoniyatining mavjudligi.
Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot buyurtma beruvchiga bu haqda yozma shaklda maʼlum qilishi shart.
13-modda. Shartnoma
Buyurtmani koʻrib chiqish natijalariga koʻra mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot va qarz oluvchi oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Shartnoma yozma shaklda tuziladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 107-moddasi.
14-modda. Shartnomaning mazmuni
Shartnomada quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi kerak:
mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va bank rekvizitlari;
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti (yoki pasport oʻrnini bosuvchi hujjati) seriyasi va raqami, doimiy yashash joyi manzili (yakka tartibdagi tadbirkor uchun qoʻshimcha ravishda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va bank rekvizitlari koʻrsatiladi) yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va bank rekvizitlari;
mikromoliyaviy xizmat koʻrsatish, mikromoliyaviy xizmat boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, shuningdek foizlar va lizing toʻlovlarini toʻlash tartibi va muddatlari;
taraflarning huquq va majburiyatlari;
shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligi;
shartnomaning amal qilish muddati;
shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi.
Qonun hujjatlariga muvofiq shartnomada boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Qarz oluvchi foydalanilmagan mikromoliyaviy xizmat summasidan voz kechish haqida mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotni shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran ikki hafta ichida yozma ravishda xabardor etish orqali mazkur summadan voz kechishga haqli.
Qarz oluvchi koʻrsatilgan mikromoliyaviy xizmatdan shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida foydalanmagan taqdirda, mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot shartnomani bekor qilish haqida qarz oluvchini yozma ravishda xabardor etish orqali shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishga haqli.
Yozma xabar topshirilgan yoki pochta orqali joʻnatilgan sana mazkur yozma xabar yuborilgan sana hisoblanadi.
16-modda. Qarz oluvchining huquq va majburiyatlari
Qarz oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish qoidalari bilan tanishib chiqish;
oʻz huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan mikromoliyaviy xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda toʻliq axborot olish;
shartnoma shartlarining shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda bajarilishini talab qilish;
shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni talab qilish.
Qarz oluvchi:
mikromoliyaviy xizmatdan foydalanish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etishi;
olingan maqsadli mikrokreditdan shartnomaga muvofiq belgilangan maqsadda foydalanishi;
majburiyatlarni shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda bajarishi shart.
Qarz oluvchi qonun hujjatlari yoki shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
17-modda. Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotning huquq va majburiyatlari
Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
shartnomaga muvofiq majburiyatlarning qarz oluvchi tomonidan bajarilishini taʼminlash sharti asosida yoki shunday shartsiz mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish;
buyurtma beruvchiga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishni asoslantirilgan holda rad etish;
mikromoliyaviy xizmat koʻrsatish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni buyurtma beruvchidan soʻrab olish;
toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagan yoxud maqsadli mikrokreditdan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda, majburiyatlarning qarz oluvchi tomonidan muddatidan ilgari bajarilishini talab qilish.
Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot:
buyurtma beruvchining huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan mikromoliyaviy xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida buyurtma beruvchiga ishonchli hamda toʻliq axborotni maʼlum qilishi;
shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishi;
shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qarz oluvchiga qoplashi shart.
Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
18-modda. Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash
Qarz oluvchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi:
bank yoki sugʻurta tashkilotining kafolati;
uchinchi shaxslarning kafilligi;
mol-mulk yoki qimmatli qogʻozlar garovi, shu jumladan garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari hamda qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan taʼminlanadi.
Qarz oluvchining daromadlari hajmi, shuningdek shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishining qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan taʼminoti olingan mikromoliyaviy xizmat summasini qaytarish va mazkur xizmat boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash uchun yetarli boʻlishi kerak.
19-modda. Mikrokreditni va mikroqarzni muddatidan ilgari qaytarish
Qarz oluvchi olingan mikrokredit yoki mikroqarz summasini muddatidan ilgari qaytarishga va ulardan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun hisoblangan foizlarni toʻlashga haqli.
20-modda. Qarz oluvchi majburiyatlarining kafolat beruvchi va kafil tomonidan bajarilishini taʼminlash
Qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kafolat beruvchi yoki kafil qarzni qaytarish muddati tugagach, mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotning birinchi talabiga binoan shartnomaga muvofiq qarz oluvchining qarzini toʻlashi shart.
21-modda. Hujjatlarning saqlanishi
Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish faoliyati bilan bogʻliq hujjatlarni saqlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.