1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
“ShAHAR YOʻLOVChILAR TRANSPORTI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 9-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi 419–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 124-modda) 7-moddasi uchinchiqismining ikkinchi xatboshisidagi“yoki jismoniy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2006-yil 14-sentabrdagi 181 (4080) - sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 13-sentabr,
OʻRQ- 48-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 367-modda)