1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.01.00 Ayollar mehnati;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
XOTIN-QIZLARGA QOʻShIMChA IMTIYOZLAR TOʻGʻRISIDA
Bolalarni tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratish hamda xotin-qizlarning mehnatdan manfaatdorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.02 Ish vaqtining qisqartirilgan muddati]
1. Uch yoshga toʻlmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnatga toʻlanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining haftasiga oʻttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilansin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.02.00 Yoshga doir pensiya]
2. Ushbu Qonun 3-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan ish staji mavjud boʻlgan taqdirda ellik toʻrt yoshga toʻlgan ayollarga pensiyaga chiqish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda) quyidagi mazmundagi 121-modda bilan toʻldirilsin:
“121-modda. Umumiy belgilangan yoshni bir yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqi
Ushbu Qonun 37-moddasining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji boʻlgan ayollar ellik toʻrt yoshga toʻlganda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar”;
2) Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda):
116-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“uch yoshga toʻlmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar (228-1-modda)”;
Kodeks quyidagi mazmundagi 2281-modda bilan toʻldirilsin:
“2281-modda. Uch yoshga toʻlmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan tashkilotlar va muassasalarda ishlayotgan ayollarning ish vaqtining qisqartirilgan muddatiga boʻlgan huquqi
Uch yoshga toʻlmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga oʻttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati chogʻida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ayollar mehnatiga haq har kungi toʻliq ish muddati chogʻida tegishli toifadagi xodimlar uchun belgilangan miqdorda toʻlanadi”.
4. Ushbu Qonun 1999-yil 1-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 14-aprel,
760-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 112-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)