1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida” 2000-yil 25-maydagi 71–II-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab etiladigan faoliyat turlari roʻyxati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan Qonun kuchga kirgan kundan boshlab joriy etilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi etib qayta tashkil qilinsin hamda uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
a) tamaki xomashyosini sanoat asosida fermentlash;
b) tamaki mahsulotlari (barcha klassdagi sigaretlar, papiroslar, sigaralar va sigarillalar)ni sanoat asosida ishlab chiqarish faoliyati litsenziyalanadi.
4. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
6. Litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini toʻxtatish, toʻxtatib turish va muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatlarni qabul qilish, ular yuzasidan ekspert xulosasi va Komissiya qarorlari loyihalarini tayyorlash, litsenziyalarni rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish va berish, litsenziyalar reyestrini yuritish, litsenziya bitimini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish uchun Komissiya huzurida “Oʻzstandart” agentligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari mutaxassislaridan ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb ataladi) tuziladi. Ishchi guruh faoliyatiga Komissiyaning masʼul kotibi rahbarlik qiladi. Ishchi guruhning shaxsiy tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
tamaki xomashyosini fermentlash sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga va texnik shartlarga majburiy rioya qilish;
ishlab chiqarishning toʻliq texnologik jarayoniga rioya qilish — binolar yaxlitligi, tamaki xomashyosini fermentlangan tamaki etib qayta ishlashni taʼminlovchi texnologik asbob-uskunalar mavjudligi;
tamaki xomashyosini fermentlashni texnik nazorat qilish boʻyicha “Oʻzstandart” agentligi organlari tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning mavjudligi;
tamaki xomashyosini fermentlash jarayonida texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini taʼminlash;
fermentlanadigan tamakining har bir tipi boʻyicha xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan va “Oʻzstandart” agentligining tegishli organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan texnik shartlarning mavjud boʻlishi;
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga va texnik shartlarga majburiy rioya qilish;
ishlab chiqarishning toʻliq texnologik jarayoniga rioya qilish — binolar yaxlitligi, xomashyoni pirovard isteʼmolchiga sotish uchun tayyor mahsulot etib qayta ishlashni taʼminlovchi texnologik asbob-uskunalar mavjudligi;
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish boʻyicha “Oʻzstandart” agentligi organlari tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning mavjudligi;
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini taʼminlash;
roʻyxatdan oʻtkazilgan (patentlangan) tovar belgilarining mavjudligi;
mahsulotning har bir turi boʻyicha xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan va “Oʻzstandart” agentligining tegishli organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan texnologik yoʻriqnomalarning mavjud boʻlishi;
ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiz markalari bilan markalash uchun asbob-uskunalarning mavjud boʻlishi;
tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda standartlar talablariga javob beruvchi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan tegishli sertifikatlarga ega boʻlgan, shu jumladan import qilingan tamaki xomashyosidan foydalanish.
8. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirishda mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar bilan bir qatorda quyidagi shartlar ham hisobga olinadi:
a) ilgari berilgan litsenziyaning amal qilish davrida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilmagan boʻlishi kerak;
b) korxonalardagi mavjud ishlab chiqarish sexlari, uchastkalari va filiallari belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi, texnologiya yoʻriqnomalariga, davlat standartlariga va boshqa normativ hujjatlarga ega boʻlishi kerak;
v) ishlab chiqarilayotgan mahsulot “Oʻzstandart” agentligining akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishi kerak;
g) litsenziatning ilgari berilgan litsenziyaning amal qilishi davrida budjetga va davlat maqsadli fondlariga toʻlovlar boʻyicha qarzlari boʻlmasligi kerak;
d) faoliyat davrida litsenziat maʼnaviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalarni yangi, modernizatsiya qilingan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilovchi asbob-uskunalarga bosqichma-bosqich almashtirilishini taʼminlagan boʻlishi kerak.
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyat turi (yoxud uning bir qismi);
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi toʻgʻrisida “Oʻzstandart” agentligining xulosasi;
litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yigʻimni toʻlaganini tasdiqlovchi hujjat;
ishlab chiqarish laboratoriyasining “Oʻzstandart” agentligi organlarida attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining ishlab chiqarish sharoitlari va asbob-uskunalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi, shuningdek texnologiya asbob-uskunalarining gigiyena sertifikatlari nusxalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hududiy organlarining ishlab chiqarishning mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
yongʻin nazorati organlarining ishlab chiqarishning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
soliq organining budjetga va davlat maqsadli fondlariga toʻlovlar boʻyicha qarzlar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi (litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilganda);
korxonaning Komissiya tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha pasporti.
10. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Hujjatlar litsenziyalovchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi guruh rahbari tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
12. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
13. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov kunida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
14. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tasdiqlash uchun Komissiyaga tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga taqdim etadi. Bunda ishchi guruh, zaruriyat boʻlganda, joylarga borib yoki davlat tegishli organlari mutaxassislarini jalb etib ishlab chiqarish shart-sharoitlarining taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini tekshirishga haqlidir.
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingan kundan keyin oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa zarur maʼlumotlar.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi. Litsenziya bitimini litsenziyalovchi organ nomidan ishchi guruh rahbari imzolaydi.
16. Litsenziyalar ishchi guruh tomonidan, belgilangan shakldagi blankalarda rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Litsenziya blankalarini tayyorlash, ularni hisobga olish, saqlash va rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 200-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
18. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi guruhning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
21. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin uch kun mobaynida ular yuzasidan Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingandan keyin yetti kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi guruh litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
26. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat ommaviy axborot vositalarida yoʻqolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida xabar berishi, shuningdek xabarni litsenziyalovchi organga taqdim etishi kerak.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
27. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat ishchi guruh tomonidan, qonun hujjatlarida va litsenziya bitimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taklif kiritish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish huquqiga ega.
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida ishchi guruh tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish uchun Komissiya yoki ishchi guruh qaroriga binoan “Oʻzstandart” agentligining va davlat boshqa organlari inspektorlari jalb etilishi mumkin.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
30. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
uch oy va undan koʻp oylar mobaynida budjetga va davlat maqsadli fondlariga muddati oʻtib ketgan toʻlovlar mavjud boʻlganda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi xulosasiga binoan;
sifatsiz tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilgani va sotilgani aniqlanganda — “Oʻzstandart” agentligi xulosasiga binoan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
31. Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida koʻrilgan zarar miqdorida javob beradi.
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefonlari;
bankdagi hisob raqami va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
ishlab chiqarilishiga litsenziya berilayotgan mahsulot nomi;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berish asoslari va sanasi.
33. Litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumot yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, ular haqini toʻlagan holda aniq litsenziatlar haqida litsenziyalar reyestridan koʻchirma tarzida maʼlumot olishga haqlidirlar.
Litsenziyalar reyestridan maʼlumot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdoridagi toʻlov litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga bepul beriladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.02.00 Davlat boji miqdorlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]
IX. Davlat bojini toʻlash tartibi
34. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun:
ushbu Nizom 2-bandining “a” kichik bandida nazarda tutilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga — eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida;
ushbu Nizom 2-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga — eng kam oylik ish haqining 200 baravari miqdorida davlat boji belgilanadi.
Litsenziyalar berganlik uchun davlat boji mablagʻlari respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi TARKIBI
Nabiyev A.E.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, komissiya raisi (kelishuv boʻyicha)
Usmonov T.M.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)
Ashrafxonov B.B.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
Parpiyev B.R.
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisi
Nosirov S.X.
—
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi
Salimov A.H.
—
Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari
Ollaberganov O.H.
—
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari
Boʻriyev R.A.
—
“Oʻzstandart” agentligining bosh direktori
Saidjalalov S.B.
—
“Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi raisi
Abdullayev A.O.
—
“Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi raisi
Yoʻldoshev N.T.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi
Abdullayev J.X.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliyaviy inspektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi
lavozimiga koʻra
—
“Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasining maxsus inspektorlik boʻlimi boshligʻi
Obidov M.X.
—
Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi, Komissiyaning masʼul kotibi
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalar zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga 1-ilovaning “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” boʻlimiga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 13-band qoʻshilsin:
“13. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 30-dekabrdagi 285-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 68-modda):
qarorga 2-ilova 6-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Litsenziyalarni berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, toʻxtatish hamda litsenziyalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi”.