1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2010 YILGAChA DAVRDA JEROY—SARDARA KONI NEGIZIDA TARKIBIDA FOSFOR BOʻLGAN OʻGʻITLAR IShLAB ChIQARISh VA EKSPORTGA YETKAZIB BERIShNI KOʻPAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURI TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 18 IYuLDAGI PQ–420-SON QARORI)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2010-yilgacha davrda Jeroy — Sardara koni negizida tarkibida fosfor boʻlgan oʻgʻitlar ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida” 2006-yil 18-iyuldagi PQ-420-son qarorining 11-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Qizilqum fosforit konlarini kompleks oʻzlashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-maydagi 219-son qarorining 1—4-bandlari, 6, 9 va 14-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 46-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Qizilqum fosforit kompleksini rivojlantirishni va Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 13-martdagi 135-son qarorining 1, 4—6-bandlari, 8 va 9-bandlari hamda qarorga 2—4-ilovalar;
Vazirlar Mahkamasining “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2004-yil 19-maydagi 237-son qaroriga 4-ilovaning 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-avgust,
175-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 344-modda)