Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Bank va investitsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi iqtisodiyotini integratsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qozogʻiston Taraqqiyot bankining Oʻzbekiston Respublikasi hududida vakolatxona ochish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Qozogʻiston Taraqqiyot banki vakolatxonasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish tavsiya etilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Qozogʻiston Taraqqiyot banki vakolatxonasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
4. Toshkent shahar hokimligi Qozogʻiston Taraqqiyot banki vakolatxonasiga ofis uchun bino berish bilan bogʻliq masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.