|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
Hujjat 14.08.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
| |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Kutilayotgan natija |
Masʼullar |
|
I. Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tanqidiy baholash | ||||
| 1. | Quyidagilarni: — Ispaniya Hukumatining krediti boʻyicha “Buxoro viloyatining suv taʼminotini taʼminlash”; — Fransiya Hukumatining krediti boʻyicha “Samarqand shahrida ichimlik suv ishlab chiqarishni koʻpaytirish, modernizatsiyalash hamda taqsimlash” yuzasidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalarning iqtisodiy va ijtimoiy samarasini baholash |
2006-yil 15-sentabrgacha | Jalb qilingan kreditlarning samaradorligini oshirish hamda ulardan maqsadli foydalanilishini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash (Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotlar kiritish) | Tashqi iqtisodiy aloqalar, invstitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari |
| 2. | Ispaniya Hukumatining kreditini oʻzlashtirish boʻyicha import kontrakti bajarilishini ekspertizadan oʻtkazish hamda samaradorligini baholash | 2006-yil 15-sentabrgacha | Import kontraktiga qoʻshimcha bitimni ekspertiza qilish. Tovarlar va xizmatlar qiymatining bozor konyunkturasida yuzaga kelgan darajasidan farqi aniqlangan taqdirda, zararni qoplash yuzasidan takliflar kiritish | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Buxoro viloyati hokimligi |
| 3. | “Oʻzkommunxizmat” agentligi huzuridagi Loyihani muvofiqlashtirish guruhi hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari Loyihani amalga oshirish guruhlari rahbarlari faoliyatini tahlil qilish va baholash | 2006-yil 10-sentabrgacha | Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni samarali boshqarish boʻyicha Loyihani muvofiqlashtirish guruhi va Loyihani amalga oshirish guruhlari rahbarlari masʼuliyatini oshirish | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
| 4. | Servis kontraktining moliyaviy va texnikaviy shartlari “Uzbek Water management GmbH” xalqaro operator tomonidan bajarilishini tahlil qilish | 2006-yil 15-sentabrgacha | Suv taʼminlash korxonalarini boshqarishning samaradorligini oshirish hamda kredit mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari |
|
II. Suv taʼminoti korxonalari menejmentini, ular tomonidan koʻrsatilayotgan | ||||
| 5. | Samarqand shahri va Buxoro viloyati suv taʼminoti korxonalari rahbarlarini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda kontrakt asosida tayinlashni amaliyotga kiritish, yollash shartnomalarida ularning majburiyatlarini, ish natijalarini baholash mezonlarini, shuningdek ragʻbatlantirish va iqtisodiy javobgarlikning aniq chora-tadbirlarini belgilash | muntazam ravishda | Rahbarlarning masʼuliyatini oshirish, kontrakt shartlarini bajarish, korxonani samarali boshqarish | Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti, Samarqand shahar “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi |
| 6. | Suv taʼminoti korxonalari boʻyicha xizmatlar isteʼmolchilarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish | 2006-yil 1-sentabrgacha va keyinchalik har chorakda | Ichimlik suvi hamda oqovalar oqib chiqishining haqiqiy miqdorini aniqlash, shuningdek aniqlangan hisobga olinmagan isteʼmolchilar hisobiga daromadlarni oshirish | Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Samarqand shahar “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi |
| 7. | “Oʻzkommunxizmat” agentligi tomonidan 2004-yil 9-avgustdagi 86-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan metodikaga asosan ixtisoslashtirilgan loyihalash tashkilotlari hisob-kitoblari boʻyicha oʻz ehtiyojlari, texnologik xarajatlar va yoʻqotishlarga suv sarfining normalarini tasdiqlash | 2006-yil 1-sentabrgacha | Oʻz ehtiyojlari, texnologik xarajatlar va hisobga olinmagan yoʻqotishlarga normativ va haqiqiy suv sarfini aniqlash | “Oʻzkommunxizmat” agentligi, ixtisoslashtirilgan loyihalash institutlari, Samarqand shahar “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi |
| 8. | Oʻz ehtiyojlari, texnologik xarajatlar va yoʻqotishlarga haqiqiy suv sarfini tasdiqlangan normalar darajasigacha yetkazish | 2007-yil 1-yanvargacha | Yoʻqotishlarni qisqartirish, ortiqcha xarajatlarni kamaytirish | “Oʻzkommunxizmat” agentligi, ixtisoslashtirilgan loyihalash institutlari, Samarqand shahar “�uvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi |
| 9. | Suv taʼminoti va kanalizatsiya boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar haqi yigʻiluvchanligi darajasini 100 foiz darajasiga yetkazish | har oyda | Aylanma mablagʻlarni koʻpaytirish, debitor va kreditor qarzlarni kamaytirish | Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Samarqand shahar “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi |
| 10. | Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 61-son qaroriga asosan tasdiqlangan Dasturlarga hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2005-yil 18-oktabrdagi 05-5-90-son tarkibiy oʻzgartirish rejalariga muvofiq suv chiqarish inshootlarida va aholiga suvni hisobga olish priborlari oʻrnatilishini taʼminlash | doimiy ravishda | Hisobga olishni yoʻlga qoʻyish, ortiqcha yoʻqotishlarni aniqlash | Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Samarqand shahar “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi |
| 11. | Moliya vazirligi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga moliyaviy hisobot taqdim etish, keyinchalik ularni Moliya vazirligiga va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga taqdim etgan holda | har chorakda | Debitor va kreditor qarzlar paydo boʻlishini hisobga olish va nazorat qilishni yoʻlga qoʻyish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning haqiqiy hajmlarini va xarajatlar miqdorlarini aniqlash | Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, “Oʻzkommunxizmat” a�entligi, Samarqand shahar “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi |
|
III. Suv taʼminoti korxonalarining moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda jalb etilgan | ||||
| 12. | Ilgari berilgan kanalizatsiya inshootlari va tarmoqlarini Samarqand viloyat “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi balansidan Samarqand shahar “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi balansiga berish | 2006-yil 1-sentabrgacha | Samarqand shahar “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasining daromad qismini koʻpaytirish | Samarqand viloyati hokimligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Samarqand viloyat “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi, Samarqand shahar “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi |
| 13. | Debitorlik qarzlarni undirib olish, muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar boʻyicha ishlarni sudlarga oshirish | doimiy ravishda | Debitorlik qarzlarni qisqartirish, aylanma mablagʻlarni toʻldirish | Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi, Samarqand shahar “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi, Moliya vazirligi |
| 14. | Kommunal xizmatlar koʻrsatuvchilar, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va aholi oʻrtasida tomonlarning javobgarligini aniq belgilovchi uch tomonlama shartnomalar tuzish | 2006-yil 20-sentabrgacha | Kommunal xizmatlar koʻrsatilishi va ularga haq toʻlanishi uchun tomonlarning javobgarlik choralarini belgilash | Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmalari, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi, Samarqand shahar “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi |
| 15. | Kreditlarga xizmat koʻrsatishda Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi, Samarqand shahar “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasining ulush qoʻshib qatnashishini ekspert jihatidan tahlil qilish va hisob-kitoblarni tayyorlash | 2006-yil 20-sentabrgacha | Vujudga kelgan shart-sharoitlarga muvofiq TIA koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritish | “Asaka” banki, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi, Samarqand shahar “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
| 16. | Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi va Samarqand shahar “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasining 2006-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra kumulyativ qarzlarini qoplash yoʻli bilan ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar kiritish | 2006-yil 5-sentabrgacha | Moliyaviy ahvolni yaxshilash, dekbitorlik-kreditorlik qarzlarni qisqartirish | Moliya vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari |