1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH VA BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2006-YIL 9-MARTDAGI PQ-302-SON QARORI)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli “Bojxona sohasidagi ayrim tartib-taomillarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2026-yil 8-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 9-martdagi PQ-302-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona organlarida xizmatni oʻtash haqidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 4-apreldagi 146-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-avgust,
154-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 154-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasi” soʻzlari hamda “1, 1a” raqamlari chiqarib tashlansin.
2. 2-bandning birinchi xatboshidagi “3277” va “188” raqamlari tegishli ravishda “3973” va “200” raqamlari bilan almashtirilsin.
“3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlanadi, uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan tayinlanadi”.
4. 8-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, shuningdek” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 10-banddagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“11. Davlat bojxona qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari boshliqlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan tayinlanadi.
Rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi”;
“17. Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular tomonidan egallab turilgan lavozimlarga va xizmat muddatlariga muvofiq quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
kichik tarkib: bojxona xizmati kichik serjanti, bojxona xizmati serjanti, bojxona xizmati katta serjanti;
oʻrta boshliqlar tarkibi: bojxona xizmati leytenanti, bojxona xizmati katta leytenanti, bojxona xizmati kapitani;
katta boshliqlar tarkibi: bojxona xizmati mayori, bojxona xizmati podpolkovnigi, bojxona xizmati polkovnigi;
yuqori boshliqlar tarkibi: bojxona xizmati general-mayori, bojxona xizmati general-leytenanti, bojxona xizmati general-polkovnigi.
Maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi”;
“18. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining maxsus unvonlarda xizmat muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi”;
g) 25-banddagi “Ichki ishlar organlari intizomiy ustaviga tatbiqan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona organlari intizomiy ustaviga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)