1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.10.00 Boshqa davlatlararo ittifoqlar va tashkilotlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.02.00 Jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.11.02.09 Terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.05.00 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi / 19.08.05.03 MDH mamlakatlari oʻrtasidagi shartnomalar (bitimlar)]
1. 2006-yilning 15-iyunida Shanxay shahrida (XXR) imzolangan quyidagi xalqaro shartnomalar tasdiqlansin:
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hududida terrorchilikka qarshi birgalikdagi tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Bitim;
Terrorizm, separatizm va ekstremizm kabi faoliyatga daxldor shaxslarning Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hududiga suqulib kirish yoʻllarini aniqlash va toʻsish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy antiterroristik tuzilmasida axborotni texnikaviy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mazkur qarorda koʻrsatilgan xalqaro shartnomalar sifatli amalga oshirilishi uchun javobgar boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov) Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatiga mazkur qarorda qayd etib oʻtilgan xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining ularda koʻzda tutilgan majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi M. Atayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
PQ-439-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 313-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)