1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.13.00 Pensiyalarni hisoblab chiqarish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va toʻlash;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.05 Qimmatli qogʻozlarning hosillari;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;
6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.13.00 Savdo, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik;
7.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.15.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga vakolatli boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar);
8.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.10.00 Birinchi instansiya sudida ish yuritish;
9.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
3.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
4.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori;
5.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik;
6.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 325-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda):
“Aksiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari va qimmatli qogʻozlar hosilalarining rekvizitlari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasi tomonidan, depozit sertifikatlari va veksellarning rekvizitlari esa, — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi”.
2. 4-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat korxonasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasi bilan birgalikda emissiya risolasini tasdiqlashi aksiyalar chiqarish toʻgʻrisidagi qaror hisoblanadi”.
3. 5-moddaning toʻqqizinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Veksel beruvchining yoxud vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani toʻlash yuzasidan qatʼiy majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qogʻoz veksel hisoblanadi.
Veksellar oddiy va yuboriladigan veksellarga boʻlinadi.
Veksel beruvchining muayyan summadagi pulni veksel oluvchiga yoxud uning buyrugʻiga binoan belgilangan muddatda yoki uning talabiga koʻra toʻlashdan iborat qatʼiy majburiyatini oʻz ichiga olgan hujjat oddiy veksel hisoblanadi.
Veksel oluvchining muayyan summadagi pulni oluvchiga yoxud uning buyrugʻiga binoan boshqa shaxsga belgilangan muddatda yoki uning talabiga koʻra toʻlash toʻgʻrisidagi qatiy buyrugʻidan iborat toʻlovchiga qaratilgan hujjat yuboriladigan veksel hisoblanadi. Bunda toʻlovchi veksel boʻyicha belgilangan muddatda toʻlovlarni amalga oshirishga (akseptni bajarishga) roziligini yozma ravishda tasdiqlashi shart.
Veksellarni (xazina veksellaridan tashqari) chiqarish, roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari, ularni chiqarish va muomalada yuritish shartlarini Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilaydi. Xazina veksellarini chiqarish va muomalada yuritish qoidalarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi.
Veksel oluvchining soliqlar boʻyicha va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha budjetdan qarzi mavjud boʻlsa, u faqat pul mablagʻlarini olish tarzida vekselning haqini toʻlashga kirishadi va budjet bilan hisob-kitob qilib boʻlgach, qolgan summani boshqa hisob-kitoblarga sarflashi mumkin”.
5. I bob quyidagi mazmundagi 8-1-modda bilan toʻldirilsin;
“8-1-modda. Qimmatli qogʻozlarning hosilalari
Qimmatli qogʻozlarning hosilalari — daromadi (zarari) bir yoki bir necha bozor koʻrsatkichlari (indekslari) mazmuniga bogʻliq boʻlgan qimmatli qogʻozlardir.
Qimmatli qogʻozlarning hosilalari opsionlar, fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqarilishi mumkin.
Opsion — shartnoma boʻlib, uning egasiga qimmatli qogʻozlarni yoki tovarlarni bitimda qayd etilgan narxda belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi.
Fyuchers — qimmatli qogʻoz (shartnoma) boʻlib, muayyan qimmatli qogʻozlar va boshqa moliyaviy vositalarni yoki tovarlarni shartnomada belgilab qoʻyilgan narxda belgilangan kelgusi sanada xarid qilish yoki sotishdan iborat soʻzsiz majburiyatni tasdiqlaydi.
Qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish va ularni muomalada yuritish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasi belgilaydi”.
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari davlat korxonalarini qayta tuzish orqali tashkil etilgan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining birlamchi chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazadilar, shuningdek aksiyalarning belgilangan tartibda joylashtirilishini taʼminlaydilar”;
uchinchi — yettinchi qismlari tegishli ravishda toʻrtinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
sakkizinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 10-moddaning ikkinchi qismi soʻnggi xatboshidagi “amalga oshiriladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin va quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“korxonalarning qarz majburiyatlari oʻzaro umum respublika koʻlamida toʻlangan taqdirda amalga oshiriladi”.
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin. Mazkur qism quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin: “Davlat korxonalari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilganda emissiya risolasini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va Fond birjalari davlat komissiyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi”;
uchinchi qismidagi “qimmatli qogʻozlarni roʻyxatga oluvchi organga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “roʻyxatga oluvchi moliya organi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 12-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi “roʻyxatga oluvchi moliya organiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 13-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“14-modda. Emissiya risolasini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun olinadigan yigʻim
Qimmatli qogʻozlar emissiya risolasini roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida emitent emissiya nominal qiymatining 0,1 foizi miqdorida respublika budjetiga yigʻim toʻlaydi.
Davlat korxonalari aksiyadorlar jamiyatlariga aylantirilganida birlamchi emissiya risolasini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim olinmaydi”.
12. 18-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
uchinchi qismi “Brokerlik oʻrnini sotib olgan” degan soʻzlardan keyin “va qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka attestatini olgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“qimmatli qogʻozlar bozorining mutaxassislari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka attestatiga ega boʻlishlari shart. Malaka attestatining amal qilish muddati — uch yil”.
14. 21-moddada “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 25-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investitsiya institutlariga ruxsatnomani (litsenziyani), qimmatli qogʻozlar bozorining mutaxassislariga malaka attestatini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasi berib, u fond birjasidagi birja faoliyati davomida Qonun hujjatlari va birja ustavi talablariga rioya etilishini nazorat qilib borishga vakolatli boʻlgan hamda birjaning boshqaruv organlari majlislarida (yigʻilishlarida) va oldi-sotdilarda hozir boʻlish huquqiga ega oʻz vakilini tayinlaydi. Qonun hujjatlari buzilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasi tartibbuzarlarga nisbatan Qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalar qoʻllashi mumkin”.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-songa ilova)
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-songa ilova)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.13.00 Pensiyalarni hisoblab chiqarish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va toʻlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda):
1. 28-moddasi quyidagi mazmundagi “l” va “m” bandlar bilan toʻldirilsin:
“l) yoshidan qatʼi nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan artistlarga — eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
m) teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa sanʼati ijodiy xodimlari tayyorlovchi oʻquv muassasalarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan roʻyxatga koʻra— eng kam oylik ish haqining — 50 foizi”.
Ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalarni ular istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy taʼminot organlari toʻlaydi.
53-modda. Ishlab turgan pensionerlarga pensiyalarni toʻlash
Ishlab turgan pensionerlarga pensiyalar ularning ish joyida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi”.
3. 58-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Pensioner (boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olayotgan pensionerdan tashqari) ishga kirgan taqdirda oʻzi istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy taʼminot boʻlimini bundan xabardor qilishi shart”.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.10.00 Birinchi instansiya sudida ish yuritish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda) 389-moddasi ikkinchi qismidan “164-moddasining toʻrtinchi qismi, 165-moddasining uchinchi qismi, 166-moddasining toʻrtinchi qismi” degan soʻzlar hamda “168-moddasining toʻrtinchi qismi, 169-moddasining toʻrtinchi qismi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin. Shu qismdagi “178, 182-moddalari” degan soʻzlar “178-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 132-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,1995-yil, № 9, 193-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(VII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-songa ilova)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.13.00 Savdo, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.15.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga vakolatli boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar)]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda):
“171-modda. Valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish
Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va banklar xodimlarining chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklardagi valyuta schyotlariga yashirib qolish maqsadini koʻzlamay turib, vaqtida yoxud toʻliq oʻtkazilmaslik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Valyuta tushumining bir qismini qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda va miqdorlarda majburiy sotishdan boʻyin tovlash —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.
2. 245-moddaning birinchi qismidagi “170, 171, 173-moddalari” degan soʻzlar “170-moddalari, 171-moddasining birinchi qismi, 173- moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 264-moddaning birinchi qismidagi “168, 172” raqamlari “168-moddalari, 171-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 172” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
179-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda; 1997-y., 4-5-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)