1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TIKLANISh VA TARAQQIYOT JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 11 MAYDAGI PF-3751-SON FARMONI)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyul,
149-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 27-iyuldagi 149-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda):
a) 1-ilovaning 11-bandiga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalardan tushayotgan milliy valyutadagi mablagʻlarni Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishda”;
10-bandning oxirgi xatboshiga “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tushayotgan milliy valyutadagi mablagʻlarni Markaziy bank tomonidan konvertatsiya qilish bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
25-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalardan tushayotgan milliy valyutadagi mablagʻlarni Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-apreldagi 173-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 74-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 29-bandning oltinchi xatboshiga “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 31-bandga birinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi”;