toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.2018
Hujjat 04.12.2006 23 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TIKLANISh VA TARAQQIYOT JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 11 MAYDAGI PF-3751-SON FARMONI)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyul,
149-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 27-iyuldagi 149-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda):
a) 1-ilovaning 11-bandiga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalardan tushayotgan milliy valyutadagi mablagʻlarni Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishda”;
10-bandning oxirgi xatboshiga “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tushayotgan milliy valyutadagi mablagʻlarni Markaziy bank tomonidan konvertatsiya qilish bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
25-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalardan tushayotgan milliy valyutadagi mablagʻlarni Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-apreldagi 173-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-dekabrdagi 250-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 48-50-son, 486-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 294-modda; 48-50-son, 486-modda; 2016-y., 16-son, 160-modda)