Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Siyosatshunoslik va boshqaruv institutiga ishlab chiqarishdan ajralgan holda tinglovchilar yuborishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining mazkur institut toʻgʻrisidagi nizomning IV boʻlimiga oʻzgartirish kiritib, 3-bandi quyidagicha bayon etilsin, degan taklifi qabul qilinsin: “Ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy taʼlim bazasida taʼlim olayotgan tinglovchilarga ular ishlagan joydagi oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi yoki oʻqishga yuborgan korxona, muassasa, tashkilot hisobiga oʻrtacha ish haqi hajmida stipendiya toʻlanadi. Qisqa muddatli kurslarning tinglovchilari moddiy jihatdan belgilangan tartibda taʼminlanadi”.