Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining qorakoʻl va jun yetishtirishni koʻpaytirish va sifatini yaxshilashdan manfaatdorligini oshirish, bozor munosabatlariga oʻtish uchun sharoit yaratish haqida bu mahsulotlarni sotishning mavjud tartibini qisman oʻzgartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, qorakoʻl va junning 1991-yil va undan keyingi yillar uchun belgilangan topshiriqlardan 5 foizi hamda ushbu mahsulotlarning belgilangan topshiriqlardan ortiqcha olingan jami hajmi mamlakat ichkarisida ham, uning tashqarisida ham kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ixtiyoriy ravishda sotiladi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, nohiya ijroiya qoʻmitalari, mahsulotlarning koʻrsatilgan turlarini tayyorlash va sotishga daxldor boʻlgan respublika vazirliklari va idoralari mazkur qarorning ogʻishmay bajarilishini taʼminlasinlar.