Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, respublikadagi ishlarning ahvoliga baho berish bilan bogʻliq takliflarni tayyorlash, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan bitimlarni samarali amalga oshirish dasturini ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekiston Respublikasi vitse-Prezidenti oʻrtoq Sh. R. Mirsaidov raisligida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va pulning qadrsizlanishiga qarshi siyosat boʻyicha Kengash tuzilsin. Kengash tarkibi ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. “Ekoprom” davlat konsorsiumining “Ekoprom” ekspertlari guruhini amaliy yordam berish uchun respublikaga yuborish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin va ular Kengash tarkibiga kiritilsin.
3. Ekspert guruhi rahbari, “Ekoprom” bosh direktorining oʻrinbosari oʻrtoq G. M. Popiashvili Vazirlar Mahkamasi huzuridagi iqtisodiyotni barqarorlashtirish va pulning qadrsizlanishiga qarshi siyosat boʻyicha Kengashning hamraisi etib tayinlansin hamda unga kreditlar ajratish toʻgʻrisida xorijiy firmalar va banklar bilan muzokaralar olib borish va maqsadlar haqidagi protokollarni imzolash vakolati berilsin.
4. Kengash raisi oʻrtoq Sh. R. Mirsaidov:
respublikaning manfaatdor vazirliklari, idoralari, ilmiy-tadqiqot muassasalarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi tarmoqlarini, birinchi navbatda chet el kapitalidan samarali foydalanish asosida yengil va qayta ishlash sanoatini zamonaviylashtirish haqidagi takliflarni ishlab chiqishni tashkil etsin va ularni shu yil 15-noyabrgacha taqdim etsin;
“Ekoprom” davlat konsorsiumi bilan oʻzaro majburiyatlar, bitimlarni ishlab chiqish, Dasturni amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash boʻyicha shartnoma tuzsin.
5. Moliya vazirligi (oʻrtoq E. J . Boqiboyev) Davlat sugʻurtasini va boshqa manfaatdor tashkilotlarni jalb qilgan holda “Ekoprom” ekspertlari bilan respublikada lotereya oʻtkazish shartlarini muhokama qilsin va 10 kun muddat ichida takliflar kiritsin.
6. Toshkent shahar Kengashi (oʻrtoq A. I. Fozilbekov) “Ekoprom” ekspert guruhining Toshkent shahrida ishlashi uchun bino ajratsin va zarur sharoitlar yaratsin.