toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KOLXOZLAR, SOVXOZLAR VA BOShQA QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI BUDJETGA FOYDADAN OLINADIGAN SOLIQ HAMDA MEHNATGA HAQ TOʻLASh FONDIDAN 11 FOIZLI AJRATMALAR TOʻLAShDAN OZOD QILISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Narxlar islohoti munosabati bilan qoʻshimcha xarajatlarni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Kolxozlar (baliqchilik kolxozlari ham), sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari 1991-yilda budjetga foydadan olinadigan soliq va 1991-yilning 1-oktabridan boshlab mehnatga haq toʻlash fondidan 11 foizli ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 29-sentabr,
249-son