1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ASAL VA ASALARIChILIK MAHSULOTLARINING XARID NARXLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1991-yilning 1-oktabridan boshlab asalari asali va boshqa asalarichilik mahsulotlari uchun shartnomaviy narxlar belgilansin.
2. SSSR Vazirlar Kengashining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga yangi davlat xarid narxlari joriy etish toʻgʻrisida” 1990-yil 9-avgustdagi 792-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining 1990-yil 23-oktabrdagi 342-son qarorining 7-ilovasi va Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga yangi davlat xarid narxlarini joriy etish toʻgʻrisida” 1991-yil 4-martdagi 52-qarorining 4-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.