1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi PRezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI XARID QILISH-SOTISH, ALMASHTIRISH VA HADYA ETISH BITIMLARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi notarial idoralariga, mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida, fuqarolar oʻrtasida, shuningdek, fuqarolar, korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida barcha turdagi avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etishni tasdiqlash boʻyicha vazifalar yuklatilsin.
Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlaganlik uchun korxonalar, tashkilotlar, muassasalardan va fuqarolardan ilovaga muvofiq miqdorlarda poshlina olinadi.
Bunda avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlashda fuqarolar oʻz daromadlari manbalari toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etmaydilar.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-apreldagi 177-sonli qarori tahririda)
avtotransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlaganligi uchun notarial idoralar tomonidan undiriladigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 70 foizi — mahalliy budjetlarga; 15 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirishga; 15 foizi — mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining maxsus hisob raqamida jamlash yoʻli bilan davlat notarial idoralarini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan avtomototransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun undiriladigan summaning 85 foizi mahalliy budjetlarga, qolgan 15 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son)
4. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalardan, ularning vakillaridan, vositachi (distribyutor) tashkilotlardan, shuningdek, kimoshdi savdolaridan sotib olingan avtomototransportni roʻyxatga olish davlat notarial idorasida xarid qilish-sotish shartnomasini tasdiqlamasdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 12-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 8-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligiga 62 tadan iborat qoʻshimcha davlat notariuslari va ularni saqlash uchun tegishli budjet mablagʻlari ajratsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.05.00 Davlat boji]
6. Avtomototransport vositalarining qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun poshlina summasining va toʻlovlarning toʻliq kelib tushishini nazorat qilish respublika soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidenti Sh.Mirsaidov
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-apreldagi 192-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻRHQT, 1993-y., 3-son, 15-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1991-y., 9-son,30-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 8-modda; 7-8-son, 66-modda; 22-son, 223-modda; 2006-y., 19-son, 164-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)