1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi PRezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI XARID QILISH-SOTISH, ALMASHTIRISH VA HADYA ETISH BITIMLARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralariga, mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida, fuqarolar oʻrtasida, shuningdek, fuqarolar, korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida barcha turdagi avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etishni tasdiqlash boʻyicha vazifalar yuklatilsin.
Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlaganlik uchun korxonalar, tashkilotlar, muassasalardan va fuqarolardan ilovaga muvofiq miqdorlarda poshlina olinadi.
Bunda avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlashda fuqarolar oʻz daromadlari manbalari toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etmaydilar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati organlari tomonidan qayta roʻyxatga olish uchun quyidagicha toʻlovlar belgilansin: avtotransport uchun — 100 soʻm mototransport uchun — 30 soʻm, ularning 30 foizi Davlat avtomobil nazorati organlari ixtiyorida qoladi.
3. Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlaganlik uchun davlat notarial idoralari tomonidan undiriladigan poshlina summasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladigan avtomototransport vositalarini qayta roʻyxatga olish uchun toʻlovlarning 70 foizi mahalliy budjetlar daromadiga oʻtkaziladi.
4. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar tomonidan avtomototransport ishlab chiqaruvchi korxonalardan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shuningdek, chakana savdo tarmoqlari va kimoshdi savdosidan sotib olingan avtomototransportni rasmiylashtirish poshlina olinmasdan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligiga 62 tadan iborat qoʻshimcha davlat notariuslari va ularni saqlash uchun tegishli budjet mablagʻlari ajratsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.05.00 Davlat boji]
6. Avtomototransport vositalarining qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun poshlina summasining va toʻlovlarning toʻliq kelib tushishini nazorat qilish respublika soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidenti Sh.Mirsaidov
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-apreldagi 192-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻRHQT, 1993-y., 3-son, 15-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1991-y., 9-son,30-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 8-modda; 7-8-son, 66-modda; 22-son, 223-modda; 2006-y., 19-son, 164-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)