1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi PRezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI XARID QILISH-SOTISH, ALMASHTIRISH VA HADYA ETISH BITIMLARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.05.00 Davlat boji;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
avtotransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlaganlik uchun notarial idoralar tomonidan undiriladigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
73 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlariga; 12 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirishga; 15 foizi — mablagʻlarni adliya organlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlash yoʻli bilan davlat notarial idoralarini va notarial arxivlarni mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan avtomototransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun undiriladigan summaning 92 foizi tumanlar va shaharlar budjetlariga, qolgan 8 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligiga 62 tadan iborat qoʻshimcha davlat notariuslari va ularni saqlash uchun tegishli budjet mablagʻlari ajratsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.05.00 Davlat boji]
6. Avtomototransport vositalarining qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun poshlina summasining va toʻlovlarning toʻliq kelib tushishini nazorat qilish respublika soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidenti Sh.Mirsaidov
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-apreldagi 192-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻRHQT, 1993-y., 3-son, 15-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1991-y., 9-son,30-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 8-modda; 7-8-son, 66-modda; 22-son, 223-modda; 2006-y., 19-son, 164-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)