toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 07.07.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-son qaroriga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-iyul,
PF-3771-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 7-iyuldagi
PF–3771-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi
farmonlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻini joriy etish toʻgʻrisida” 1998-yil 10-oktabrdagi PF–2086-son Farmoni 2-bandidagi:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi—oʻn birinchi xatboshilari tegishli ravishda toʻrtinchi—oʻninchi xatboshilari deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi PF–3080-son Farmoni 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF–3594-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshidagi “ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish soligʻi, ekologiya soligʻi” soʻzlari “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 20-iyundagi PF–3620-son Farmonining:
a) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. 2005-yilning 1-iyulidan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash oʻrniga yagona soliq toʻlovi joriy etilsin.
Belgilansinki, yagona soliq toʻlovi xarid, taʼminot-sotish korxonalari, broker firmalari, komissiya shartnomasi boʻyicha xizmat koʻrsatadigan korxona va tashkilotlarga tatbiq etilmaydi. Ular uchun yagona soliq va davlatning maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashning amaldagi tartibi hamda belgilangan stavkalari saqlanib qoladi.
Yagona soliq toʻlovi hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha har chorakda hamda yil yakunlari boʻyicha yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda toʻlanishi belgilab qoʻyilsin”;
b) Farmonning ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 6-sentabrdagi PF–3658-son Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 262-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)