toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.11.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli va tamaki mahsulotlarini chetdan keltirish, ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 4-avgustdagi 331-sonli qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-noyabrdagi PQ-732-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarida texnik qoʻnishni amalga oshiruvchi chet el havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranzit harakatini tartibga solish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli va tamaki mahsulotlarini chetdan keltirish, ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 4-avgustdagi 331-sonli qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur talab Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarida bortga yoʻlovchilarni qabul qilish va (yoki) tushirish, tovarlar yoki pochta ortish va (yoki) tushirish nazarda tutilmagan yoqilgʻi quyish, kutilmagan zarur taʼmirlashni oʻtkazish yoki avariya holatidagi qoʻnishni amalga oshiruvchi havo kemalariga nisbatan tadbiq etilmaydi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-iyul,
PQ-415-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 266-modda)