1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.04.00 Olib chiqishga cheklovlar, taqiqlar (maʼdaniy boyliklar, qimmatbaho metallar va toshlar, tovarlar, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan buyumlar va boshqalar);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.05.00 Eksport nazorati;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import;
3.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“EKSPORT NAZORATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 9-MODDASIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 9-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 10-iyunda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Eksport nazorati toʻgʻrisida”gi 658-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda) 9-moddasiquyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yalpi qirgʻin qurolini ishlab chiqarishda komponentlar sifatida foydalanish mumkin boʻlgan yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) materiallarni, shu jumladan oʻta xavfli infeksiyalarning patogenlari va shtammlarini olib chiqish qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan kelishuvga binoan amalga oshiriladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2006-yil 21-iyundagi 118 (3917)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-iyun,
OʻRQ-34-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 223-modda)