1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Vazirlar Mahkamasining “2004-yil makroiqtisodiy koʻrsatkichlarining asosiy parametrlari va ularning bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 15-dekabrdagi 547-son qaroriga muvofiq hamda bank tizimini yanada rivojlantirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-fevral,
89-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 89-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar hamda oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankining faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratib berishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 16-apreldagi 212-son qarori 2-bandining birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “Zamin” davlat-aksionerlik ipoteka bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 7-sentabrdagi 350-son qarorining 1-bandida:
birinchi xatboshidan “boshlangʻich ustav fondi 20 million soʻm miqdorida boʻlgan” hamda “va taʼsischilarning ulushlarini foiz hisobida quyidagicha taqsimlash” soʻzlari;
“bir aksiyadorning yoki bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan bir guruh aksiyadorlarning bank ustav sarmoyasidagi ulushi ustav sarmoyasi umumiy miqdorining 25 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas (xususiy banklar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar bundan mustasno);”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 25-modda) 2-bandining uchinchi xatboshidagi “jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari (depozitlari)ning koʻpaygan” soʻzlari “jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar boʻyicha omonatlari hamda joylashtirilgan jamgʻarma sertifikatlari hajmlarining koʻpaygan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini tartibga solish va respublika isteʼmol bozorini himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-maydagi 204-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 98-modda; 2005-y., 22-son, 159-modda; 2006-y., 25-26-son, 235-modda)