toggle_night_mode
Hujjat 30.04.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 5-maydagi PF-3750-sonli Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi Farmon va qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-iyul,
PF-3767-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 6-iyuldagi
PF–3767-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 16-noyabrdagi PF–3680-sonli Farmoni ilovasining 22-bandidagi “Oʻztadbirkorbank” soʻzi “Mikrokreditbank” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 11-maydagi PF-3876-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 191-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ–255-sonli qarori 5-ilovasining 28-bandidagi “Tadbirkor” soʻzi “Mikrokreditbank” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 246-modda; 2007-y., 19-20-son, 191-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)